Kecha, 24-iyul kuni Toshkentdagi “Jar” stadionida Inchxon shahrida bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan Mirjalol Qosimov qo‘lostidagi terma jamoa futbolchilari “Metallurg” klubiga qarshi maydonga chiqdi. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Qiziqarli kechgan bellashuvda 2:1 hisobi qayd etilib, terma jamoa futbolchilarining g‘alabasi bilan yakunlandi.
Dastlab, Odil Ahmedovning ukasi Azim Ahmedov O‘zbekiston termasini oldinga olib chiqdi. Dilmurod Karimov esa 72-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Qo‘shib berilgan daqiqalarda Igor Sergeyev terma jamoaning g‘alaba to‘pini darvozaga yo‘lladi.
Umuman, ekspremental tarkib bilan o‘ynagan O‘zbekiston futbolchilari ko‘plab xatoga yo‘l qo‘ydi. Bu tabiiydir. Uzatmalarda kamchiliklar ko‘zga tashlandi. Bekobodliklar bo‘lsa ancha ishonchli tarzda harakat qildi.
O‘zbekiston terma jamoasi — “Metallurg” (nazorat o‘yini): 2:1
Gollar: Azim Ahmedov (63), Igor Sergeyev (90+1) — Dilmurod Karimov (72)
O‘zbekiston: Eldor Suyunov, Azamat Isroilov, Salim Mustafoyev, Yegor Krimets, Bobur Yo‘ldoshev, Sardor Rashidov, Dilshod Jo‘rayev, Vladimir Kozak, Jamshid Iskanderov, Shahzod Nurmatov, Navro‘z Olimov.
“Metallurg” (Bekobod): Ma’mur Ikromov, Doniyor Adilov, Hikmat Xoshimov, Mirg‘iyos Sulaymonov, Davron Karimqulov, Alisher Ziyavuddinov, Sunnatilla Mamadaliyev, Dilmurod Karimov, Murodjon Toshmatov, Zohid Abdullayev, Shohnazar Narbekov.
Izoh (0)