Tailandning Pxuket shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 25 ming AQSh dollaridan iborat turnir davom etmoqda. Musobaqada ishtirok etayotgan yagona o‘zbekistonlik Sabina Sharipova yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Bu haqda Olamsport xabar berdi.
Ilk davradayoq turnirning ikkinchi raketkasi Shanel Simmonds (JAR)ni bahslardan chiqarib yuborgan Sabina bugun chorak finalda xitoylik Jia-Jing Luga qarshi kortga chiqdi.
Uch set davom etgan uchrashuvda Sabina 6:4, 4:6, 7:5 hisobida g‘alaba qozondi. Sharipovaning final ostonasidagi raqibasi Zuzana Zlachova bo‘ladi. Turnirda yettinchi raqam ostida tasniflangan slovakiyalik tennischi chorak finalda musobaqaning to‘rtinchi raketkasi serbiyalik Dorotoja Erikni uch set natijasi (7:5, 3:6, 7:5)ga ko‘ra taslim etdi.
Izoh (0)