Apple kompaniyasi iTime qurilmasi uchun patent oldi. Kompaniyaning aqlli soatlari shu nom ostida ishlab chiqarilishi mumkin. Bu haqda Mashable ma’lumotiga asoslanib “Parol” nashri xabar berdi.
Apple aqlli soatlarini iWatch nomi ostida chiqarishiga ishongan edik. Ammo yangi patentlangan qurilmaning suratlaridan shuni bilish mumkinki, iTime aqlli soat bo‘ladi.
Kompaniya iTime nomi ostida bilakka taqiladigan va sensorlarga ega bo‘ladigan qurilma uchun patent olgan. Bu qurilmani silkitish bilan qo‘ng‘iroqlarga javob berish mumkin bo‘ladi.
Suratda ko‘ringanidek, qurilma displeyi bog‘ichidan ajraladi va uning displeyi Moto 360 aqlli soatidan farqli o‘laroq to‘rtburchak bo‘ladi. U iPhone, iPad bilan bog‘lana oladi. Shuningdek, unda quloqchin uchun o‘rin ham mavjud.
Unda sapfir billuri bilan himoyalangan AMOLED displeyi va iOS operatsion tizimining kichik displeylar uchun mo‘ljallangan turi o‘rnatilishi kutilmoqda.
Izoh (0)