Qarshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi tizimida o‘tkazilayotgan “Eng faol hamshira” ko‘rik-tanlovining Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrug tibbiyot muassasalari hamshiralari o‘rtasidagi mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Tanlovning mazkur bosqichida Buxoro, Surxondaryo, Navoiy va Qashqadaryo viloyatlaridagi harbiy tibbiyot maskanlarida xizmat qilayotgan hamshiralar qatnashdi.
Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda Islom Karimov rahnamoligida harbiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida Vatan himoyachilariga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati va samaradorligini, harbiy qism va muassasalarda xizmat qilayotgan tibbiyot xodimlarining bilim va malakasini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.
Qarshi shahridagi harbiy muassasa hamshirasi Xurshida Xalilova tanlov g‘olibligini qo‘lga kiritdi.
“Tanlov kasb mahoratimni yanada oshirish va tajriba almashish imkoniyatini berdi, – deydi Xurshida. – Tanlovda g‘olib bo‘lishning gashti o‘zgacha ekan. Endigi maqsadim — mamlakat bosqichida ham muvaffaqiyat qozonish”.
Izoh (0)