“Barselona” yarim himoyachisi Xavi Ernandes jamoadan ketish qarorini o‘zgartirishni istamoqda. Bu haqda Uff.uz xabar berdi.
Futbolchi “Nyu York Siti” bilan muzokara olib borib, ketishga tayyor turgan edi. Ammo “Barselona” bosh murabbiyi Luis Enrike va klub prezidenti Bartomeu bilan gaplashib olgach, bu fikridan qaytdi.
Xavining bu suhbatdan ancha ko‘ngli to‘lgan. U 24-iyulda jamoa tarkibiga kelib qo‘shilishga tayyor turibdi. Luis Enrike Xaviga ishonch bildirmoqda. Ammo hozircha Xavi yakuniy qaror qabul qilganicha yo‘q.
Izoh (0)