Amerikalik tadbirkorlar nonga selfi tushirib beradigan toster ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda LA Times nashriga tayanib, “Vesti” xabar berdi.
AQShning Vermont shtatidagi Burnt Impressions (“Kuygan taassurotlar”) kompaniyasi buyurtma asosida nonga mijoz istagan fotosuratni tushirib beradigan tosterlar tayyorlamoqda. Buning uchun mijoz kompaniyaga katta o‘lchamdagi yuqori sifatli suratini yuboradi. Uni nonga “chop etadigan” toster bir necha haftada tayyor bo‘ladi.
Hozirda selfi-tosterlar 75 dollardan sotilmoqda.
Izoh (0)