Joriy yilning 1—15-avgust kunlari Norvegiyaning Tromse shahrida 41-Butunjahon shaxmat olimpiadasi o‘tkaziladi. O‘zbekiston shaxmat federatsiyasida berilgan ma’lumotga ko‘ra, bu galgi shaxmat olimpiadasida O‘zbekiston sharafini 10 nafar sportchi himoya qiladi. Bu haqda “Olam Sport” xabar berdi.
Erkaklar terma jamoasi safidan Rustam Qosimjonov (Toshkent), Anton Filippov (Toshkent), Marat Jumayev (Samarqand), Jahongir Vohidov (Samarqand), Ulug‘bek Tillayev (Toshkent) o‘rin egallagan. Murabbiy — Farhod Sobirov (Toshkent).
Ayollar terma jamoasi tarkibiga esa quyidagi sportchilar kiritilgan: Sarvinoz Qurbonboyeva (Sirdaryo), Sevara Boymurotova (Toshkent viloyati), Irina Gevorgyan (Toshkent), Mohinur Qahramonova (Navoiy), Olga Sabirova (Toshkent). Murabbiy — Vladimir Yegin (Toshkent).
Butunjahon shaxmat olimpiadasi hakamlar brigadasidan xalqaro toifadagi Husan Turdialiyev va FIDE hakami Irina Kim kabi o‘zbekistonliklar ham o‘rin egallagan.Mazkur musobaqada O‘zbekiston sharafini himoya qiladigan ayollar terma jamoasi uchun 22—26-iyul kunlari o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari tashkil etiladi.
Izoh (0)