Fuqarolar, korxona, tashkilot va ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshirilayotgan xayrli ishlarni keng ommaga yetkazish, amalga oshirilgan ishlar misolida aholi, ayniqsa, yoshlarni ezgu ishlarga safarbar etish, ezgu maqsadlar sari yo‘naltirish maqsadida 2014-yil iyul—avgust—sentabr oylari mobaynida “Savob ishni har kun qilaylik!” tashabbusi o‘tkaziladi. Mazkur tashabbus Toshkent shahar Ma’naviyat va ma’rifat Kengashi tomonidan muvofiqlashtirilib boriladi.
Tashabbusda Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi fuqarolar, faoliyat yuritayotgan korxona, tashkilot va muassasalar ishtirok etadi.
Tashabbus tashkilotchilari — Afisha.uz; Anons.uz; Anhor.uz; Azu.uz; Daryo.uz; Fikr.uz; Gazeta.uz; Kamolot.uz; Kitob.uz; Kultura.uz; Kun.uz; Mytashkent.uz; Pr.uz; Podrobno.uz; Sayyod.uz; Sreda.uz; Uff.uz; Uz24.uz; Toshkent.uz; Tanlov.uz; Vkurse.uz; Ziyonet.uz; saytlari. “Molodej Uzbekistana” va “Turkiston” gazetasi. “Grand”, “Klassik FM”, “Maxima”, “Navro‘z”, “Oriat FM”, “Oriat Dono”, “O‘zbegim taronasi” radiostansiyalari.
Ushbu loyihada ishtirok etishga istak bildirgan boshqa ommaviy axborot vositalari o‘z-o‘zidan tashabbus tashkilotchilari safiga qo‘shiladi.
2014-yil 17-iyuldan boshlab internet saytlarda amalga oshirilayotgan xayrli ishlar to‘g‘risida xabar beriladi.
5-sentabr kuni “Savob ishni har kun qilaylik!” tashabbusi yakuni bo‘yicha anjuman o‘tkazilib, tashabbus natijalari tahlil qilinadi.
Izoh (0)