Germaniya kansleri Angela Merkel jahon chempioni bo‘lgan milliy terma jamoa futbolchilari bilan suratga tushdi. Bu haqda terma jamoa o‘yinchisi Sami Xediraning Facebook’dagi sahifasiga tayanib, Gazeta.ru xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, o‘yin 13-iyul kuni Toshkent vaqti bilan 00:00 da Rio-de-Janeyrodagi “Marakana” stadionida bo‘lib o‘tdi.
Garchi asosiy vaqtda hisob ochilmagan bo‘lsa-da, muxlislar Germaniya va Argentina terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni 120 daqiqa davomida kuzatishga muvaffaq bo‘lishdi va futboldan maroqlanishdi.
O‘yinning 113-daqiqasida Mario Gyottse to‘pni Argentina darvozasiga aniq yo‘lladi. Germaniya uchrashuv so‘ngiga qadar 1:0 hisobni ushlab turib, to‘rt karra jahon chempioni nomiga ega bo‘ldi.
Izoh (0)