Munisa Rizayeva o‘zining Instagram’dagi sahifasida 7, 8, 9-oktabr kunlari “Istiqlol” san’at saroyida ilk yakkaxon konserti bo‘lib o‘tishini ma’lum qildi. Bu haqda Darakchi.uz sayti xabar qiladi.
“Hayotimdagi muhim kun yaqinlashib kelmoqda. Mening ilk yakkaxon konsertim (...) barchani 7, 8, 9-oktabr kunlari o‘zimning kamtargina shou-dasturim bilan “Istiqlol” sa’nat saroyida kutaman”, — dedi Munisa Rizayeva.
Shuningdek, xonanda ayrim bannerlarda fonogramma deb yozilishini, ammo u jonli aytishini ma’lum qildi.
Ta’kidlash joiz, tahririyatimizga kelib tushgan tadbir bannerida konsert jonli ijroda bo‘lishi haqida yozilgan. Bundan tashqari, bannerda ko‘plab imloviy xatolarni uchratish mumkin.
Izoh (0)