Kecha, 10-iyul kuni o‘zbekistonlik ziyoratchilarning dastlabki 170 nafardan iborat guruhi “O‘zbekiston havo yo‘llari” samolyotida Saudiya Arabistoniga umra amalini bajarish uchun uchib ketdi.
Kuzatish va kutib olish tadbirlari Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida amalga oshirildi.
Ramazon mavsumida Saudiya Arabistonida kunning haddan tashqari isib ketishi hamda fuqarolar xohish istaklaridan kelib chiqib, o‘zbekistonlik 670 nafar ziyoratchilarni (Toshkent—Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta reys) umra safariga yuborish rejalashtirilgan.
Safarga chiqishdan oldin barcha ziyoratchilar markazlashgan tibbiy punktlarida minengit va grippga qarshi vositalar bilan emlandi.
Ramazon mavsumida ham ziyorat 10 kunni tashkil etadi (Madina shahrida 3 kun, Makkada esa 7 kun).
Ziyoratchilarga mavsum davomida o‘zbekistonlik ikki nafar ishchi guruh, uch nafar shifokor va ikki nafar oshpaz xizmat ko‘rsatadi.
Izoh (0)