Angliyada 1878-yil 10-iyul kuni futbol arbitri ilk bor hushtakdan foydalandi. Bu haqda Rossiyaning “Perviy kanal” (“Birinchi kanal”) telekanalining Facebook’dagi sahifasida xabar berildi.
Hushtak futbol referisining qo‘lida ilk bor Angliyaning “Nottingem Forest” va “Sheffild” jamoalari uchrashuvida paydo bo‘lgan. Bunga qadar futbol hakamlari o’yin davomida futbolchilarga baqirish yoki dastro‘mol bilan belgi berish orqali murojaat qilgan.
Futbolda hushtakdan foydalanish g‘oyasi birmingemlik tadbirkor Jozef Xadson tomonidan berilgan. Keyinchalik Jozef Xadson hushtak ishlab chiqarish bo‘yicha dunyodagi eng katta kompaniyaga asos soladi.
Izoh (0)