“Nyu-York Yankiz” beysbol jamoasining muxlislaridan biri uni Beysbol oliy ligasi (MLB) o‘yini davomida uxlayotgan holda namoyish qilgani uchun Amerika telekanalini sudga berdi. Bu haqda New York Post nashriga tayanib, “ITAR-TASS” xabar berdi.
Endryu Rektor ismli muxlis “Nyu-York Yankiz” va “Boston Red Soks” jamoalari uchrashuvida uning uxlayotgan holatini ko‘rgan telekanal boshlovchilarini o‘ziga nisbatan haqoratli so‘zlar aytganlikda ayblamoqda.
Endryuning aytishicha, kameralar uni biroz uyqusiragan vaqtida “tutib olgan”. O‘yinga izoh berayotgan Den Shulman va Jon Kruk esa bundan foydalanib qolgan. Muxlis tomoniga yo‘nalgan haqoratli so‘zlar ertasi kuni liganing rasmiy saytiga ham joylangan.
Beysbol oliy ligasi va “Yankiz” jamoasi ham jalb etilgan sudda Endryu Rektor telekanaldan 10 million dollar talab qilmoqda.
Izoh (0)