NATO bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Euronews’ga bergan intervyusida Ukrainada barqarorlikni tiklash borasida Rossiyaga murojaat etdi.
“Ular (ruslar) qurollar oqimi va jangchilar guruhining Ukraina chegarasini bosib o‘tishiga yo‘l qo‘yib bermoqda. Biz Rossiyadan Ukrainaning sharqiy qismidagi beqaror holatni to‘xtatishni so‘radik. Biz Rossiyadan ayirmachilar guruhiga yon bosmaslikni va Ukraina chegarasidagi harbiylarini olib ketishni talab qilamiz”, — dedi NATO Bosh kotibi.
Berlinda bo‘lib o‘tgan suhbat davomida Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Kiyevni kelishilgan shartlarni bajarishni ishontirishda G‘arbning roli katta ekanligini aytib o‘tdi.
“Berlinda qabul qilingan deklaratsiyani amalga oshirishda g‘arbiy hamkasblarning o‘rni katta deb o‘ylayman. Ular Kiyev hukumatini deklaratsiya bo‘yicha ish tutishga chaqirishlari kerak”, — dedi Lavrov.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri ushbu yarashuvni cho‘zmasdan amalga o‘shirish “insonlar hayoti” bilan o‘lchanishini ham bildirib o‘tdi.
Izoh (0)