Pekinda Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab iqtisodiy koridor tashkil etishda ommaviy axborot vositalarining hamkorligiga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi, deya xabar qiladi O‘zA.
Xitoyning “Jenmin Jibao” gazetasi tomonidan tashkil etilgan anjumanda Xitoy, O‘zbekiston, Rossiya, Hindiston, Pokiston, Eron, Turkmaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkiyaning ellikka yaqin ommaviy axborot vositalari, Xitoyning tashqi ishlar, savdo, iqtisodiyot, transport, madaniyat kabi sohalarga ixtisoslashgan vazirlik va idoralari, xorijiy mamlakatlarning diplomatik missiyalari rahbar va vakillari ishtirok etdi.
Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab iqtisodiy koridor tashkil etishda O‘zbekiston muhim ahamiyat kasb etishi yig‘inda ta’kidlab o‘tildi.
Forum doirasida Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab iqtisodiy koridor tashkil etishda ommaviy axborot vositalari hamkorligiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Buyuk ipak yo‘li mamlakatlari hamkorligini rivojlantirishda, mintaqa taraqqiyotiga hissa qo‘shishda, do‘stona munosabatlarni mustahkamlashda ommaviy axborot vositalarining o‘rni yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)