Xitoyning g‘arbiy hududi Sinszyanda mahalliy hukumat tomonidan uyg‘ur musulmonlarga Ramazon oyida ro‘za tutish ta’qiqlandi. Bu haqda The Independent xabar qildi.
Aholining 45 foizi musulmonlarni tashkil etuvchi hududda maktab va hukumat idoralari tomonidan ro‘za tutish “jiddiy taqiqlanganligi” haqida ogohlantirish berilgan.
Xitoy hukumati uyg‘urlarni terrorchilik harakatlarida mas’ul deb biladi. Uyg‘urlar esa bunday harakatlarda ishtirok etganlarini inkor etib, ushbu bo‘rttirishni rasmiy Pekin ularga nisbatan amalga oshirilayotgan diniy cheklovni oqlash uchun ishlatayotganini ta’kidlagan.
Ogohlantirishda hukumat matbuot xizmatlari ham ishtirok etib, axborot agentliklari tomonidan ro‘za tutish o‘quvchilar sog‘lig‘iga zararligi haqida maqolalar chop etilgan.
Izoh (0)