Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Visente Del Boske 2016-yilgcha o‘z vazifasida qoladigan bo‘ldi, deya xabar beradi Stadion.uz AS’ga asoslangan holda.
Xabarda keltirilishicha, Ispaniya futbol federatsiyasi mutaxassisga jahon chempionatidagi omadsiz ishtirokdan so‘ng terma jamoani qayta shakllantirishga imkoniyat bermoqchi.
Del Boske terma jamoani Yevropa—2016 chempionatiga tayyorlashi kutilmoqda.
Bu mutaxassis qo‘l ostida ispanlar uchta yirik xalqaro musobaqadan ikkitasida g‘olib bo‘lgan: JCh—2010 va Yevro—2012.
Izoh (0)