Jahon chempionati musobaqasining 2-turidan o‘rin olgan Germaniya hamda Gana termalari o‘rtasidagi uchrashuvda 2:2 hisobi qayd etilib, durang ko‘rinishida yakunlandi, deya xabar bermoqda Uff.uz.
Jamoalar birinchi bo‘limda hisobni ochmadi. Ikkinchi bo‘limda, aniqrog‘i, 51-daqiqada Getse gol urib jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tar-o‘tmas, Andre Ayyu hisobni tenglashtirdi.
Asamoa Gyan ikkinchi golni urib, Ganani oldinga olib chiqqanda, hammasi tomondek tuyulgan edi. Ammo, Germaniya afsonasi Miroslav Kloze darvozani ishg‘ol qilib, jamoasini mag‘lubiyatdan qutqarib qoldi.
Izoh (0)