Namanganda 18—19 yoshli o‘smirlar va qizlar o‘rtasida kurash bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan 600 nafarga yaqin yosh polvon ishtirok etgan chempionatda o‘g‘il bolalar 9 vaznda, qizlar 6 vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro bellashdi.
O‘smirlar o‘rtasida Buxoro viloyatidan Bekzod Xayrullayev, Murod Yo‘ldoshev, Toshkent shahridan Abdumutal Yusupov, Jovud Tadayev, Bayram Qo‘ziyev, Muhriddin Muhammadov, Qoraqalpog‘iston Respublikasi vakili Ergash Aytboyev, Navoiy viloyatidan Bekzod Eshpo‘latov o‘z vazn toifasida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Mutlaq vaznda poytaxtlik Bekmurod Oltiboyevga teng keladigan raqib topilmadi.
Qizlar o‘rtasidagi bellashuvlarda surxondaryolik Go‘zal Egamova, navoiylik Zilola Boboqulova, qashqadaryolik Go‘zal Rahmonova, namanganlik Umida Mirhamidova, Buxoro viloyatidan Abira Naimova birinchi o‘rinni egalladi. Mutlaq vaznda qoraqalpog‘istonlik Qunduz Baymanova g‘olib bo‘ldi.
Izoh (0)