Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o‘rin olgan Gonduras hamda Ekvador termalari o‘rtasidagi uchrashuvda 1:2 hisobi qayd etilib, Ekvadorning g‘alabasi bilan yakunlandi, deb yozadi Uff.uz.
Birinchi bo‘limning 31-daqiqasida Kostli Gondurasni hisobda oldinga olib chiqqan bo‘lsa, oradan uch daqiqa o‘tgach, Enner Valensiya muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.
Ikkinchi bo‘limning 65-daqiqasiga kelib, yana Enner Valensiya uchrashuvdagi ikkinchi golini kiritib, hisobni 1:2 ko‘rinishiga olib keldi. Uchrashuv oxiriga qadar tablodagi natija saqlanib qoldi.
Demak, Ekvador mazkur g‘alaba evaziga uch ochko to‘plab, E guruhida ikkinchi o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, Gonduras o‘z uyiga ketadigan bo‘ldi.
Izoh (0)