Gretsiyaning Kavala shahrida maktab o‘quvchilari o‘rtasida shaxmatning blits yo‘nalishi bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida o‘zbekistonlik Islombek va Javohir Sindorovlar O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib, oltin medalni qo‘lga kiritdi, deb xabar bermoqda O‘zA.
Nufuzli musobaqaning yetti yoshgacha bo‘lgan shaxmatchilar bahsida ishtirok etgan Islombek to‘qqiz partiyaning sakkiztasida g‘alaba qozonib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarilgan bo‘lsa, to‘qqiz yoshgacha bo‘lgan sportchilar o‘rtasida o‘z iqtidorini namoyish etgan Javohir yetti g‘alaba va ikki durang bilan oltin medal sohibi bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, aka-uka Sindorovlar rapid – tezkor shaxmat bo‘yicha Gretsiyaning Kavala shahrida o‘tkazilgan jahon chempionatida ham oltin medallarni qo‘lga kiritgan edi.
Izoh (0)