O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov 13-iyun kuni Oqsaroyda Amerika Qo‘shma Shtatlari Prezidentining maxsus yordamchisi, AQSh Milliy xavfsizlik kengashining Rossiya va Yevroosiyo bo‘yicha katta direktori Selest Anna Uollanderni qabul qildi, deb xabar berdi O‘zA.
Muloqot chog‘ida turli sohalardagi o‘zaro hamkorlikning dolzarb masalalari, xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik ayrim muammolar atroflicha muhokama qilindi.
O‘zbekiston 1993-yil 28-sentabrda BMT Bosh Assambleyasida ilgari surgan Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud barpo etish to‘g‘risidagi shartnomaning Xavfsizlik kafolatlari to‘g‘risidagi protokoli yadro quroliga ega besh davlat, jumladan, AQSh tomonidan imzolandi. Bu Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaning amalga oshirilishda katta hissa bol‘di. Mazkur Protokolni ratifikatsiya qilish jarayonining yakuniga yetkazilishi global miqyosda qurolsizlanish va qurollarni tarqatmaslik hamda mintaqaviy va xalqaro xavfsizlikni mustahkamlash mexanizmlarini shakllantirishning muhim omili bo‘ladi.
Suhbat chog‘ida Afg‘onistondagi vaziyat, uning mintaqadagi jarayonlarga ta’siri, shuningdek, tomonlarni qiziqtirgan boshqa masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Izoh (0)