FIFA JCh—2014 1-turidan o‘rin olgan bir qator uchrashuvlarni boshqarib boradigan hakamlar nomini e’lon qildi. Unga ko‘ra, Ravshan Ermatov boshchiligidagi hakamlar brigadasi “E” guruhi 1-tur o‘yini Shveysariya—Ekvador uchrashuvini boshqarib boradi. Bu haqda O‘zbekiston futbol federatsiyasi sayti xabar berdi.
Shveysariya va Ekvador milliy terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 15-iyun kuni o‘tkaziladi. O‘yinda Ermatovga qanotlarda Abduhamidillo Rasulov (O‘zbekiston) va Bahodir Qo‘chqorov (Qirg‘iziston) yordam beradi. Zaxira hakami norvegiyalik Sveyn Oddvar Mundir.
Izoh (0)