O‘zbekistonga tashrif buyurgan bola huquqlari bo‘yicha xalqaro ekspert Renate Vinter (Avstriya) 9-iyun kuni Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi direktori Akmal Saidov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Uchrashuvda mehmonga O‘zbekistonda bolalar huquqlariga oid qonunchilik doimiy takomillashtirib borilayotgani, qonun ijrosi nazorati yo‘lga qo‘yilgani, barkamol avlodni voyaga yetkazish siyosatining izchil davom ettirilayotgani haqida ma’lumot berildi.
– O‘zbekistonda BMTning Bola huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro konvensiyasi hayotga to‘la tatbiq etilganiga guvoh bo‘ldik, – dedi Renate Vinter. – Bolalarni sog‘lom va barkamol etib tarbiyalash borasida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlar samarasida ularning barcha huquq va manfaatlari ta’minlanmoqda.
Bola huquqlari bo‘yicha xalqaro ekspert O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) bilan ham muzokaralar o‘tkazdi.
Izoh (0)