Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Daryo” internet-nashrining iPhone uchun dasturi App Store'dagi “Atrofimdagi ommabop dasturlar” (Popular Near Me) qatoridan o‘rin oldi. “Bu dasturning O‘zbekistonda ommalashayotganidan dalolatdir”, — deydi loyiha rahbari Farhod Fayzullayev.

App Store'dagi “Atrofimdagi ommabop dasturlar” (Popular Near Me) ro‘yxati

App Store'dagi “Atrofimdagi ommabop dasturlar” (Popular Near Me) ro‘yxati

“Atrofimdagi ommabop dasturlar” ro‘yxatidan, “Daryo” dasturidan tashqari, yana uch dastur: Afisha Media kompaniyasining Afisha Mobile va Gazeta.uz va Global Solutions'ning Tashkent Air ilovasi o‘rin olgan.

iTunes Connect xizmati statistikasida qayd etilishicha, 9-iyun holatiga ko‘ra “Daryo”ning iOS operatsion tizimiga mo‘ljallangan dasturi 2000 martadan ortiq yuklab olingan. 5-iyun kuni dastur yangilanib, yangiliklarni nafaqat lotin, balki kirill alifbosida ham o‘qish imkoniyati yaratildi.

iTunes Connect xizmati statistikasiga ko‘ra, 9-iyun holatiga ko‘ra “Daryo”ning iOS operatsion tizimiga mo‘ljallangan dasturi 2000 martadan ortiq yuklab olingan

iTunes Connect xizmati statistikasiga ko‘ra, 9-iyun holatiga ko‘ra “Daryo”ning iOS operatsion tizimiga mo‘ljallangan dasturi 2000 martadan ortiq yuklab olingan

Eslatib o‘tamiz, “Daryo” nashrining iOS qurilmalari uchun dasturini 1-maydan boshlab Apple’ning mobil dasturlar do‘koni — App Store’dan yuklab olish mumkin.

Bundan tashqari, mart oyida “Daryo”ning Android-smartfonlar uchun dasturi taqdim etilgan edi. Shu kunga qadar dastur 9000 marta yuklab olindi va Play Store’da 336 kishi unga a’lo baho berdi. Nashrning Android-smartfonlar uchun dasturini Google Play do‘konidan yuklab olish mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Tashkent Index’dagi talabalar majburan chiqarib yuborilishiga yo‘l qo‘yilmaydi — vazirlik
Dunyo
Yonib ketgan “Appolon-1” ekipaji, Braziliyada 242 kishining o‘limiga sababchi bo‘lgan tungi klubdagi yong‘in va Moskvada o‘tkazilgan Leninning dafn marosimi. Kun x...
Mahalliy
Farg‘onadan Qirg‘izistonga mikroavtobus qatnovi tiklandi