Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Twitter mikrobloglar servisi Spotify va Soundcloud onlayn musiqa tinglash servislarini sotib olish ehtimolini ko‘rib chiqdi. Bu uning musiqiy yo‘nalishga milliardlab dollar sarflashga tayyorligini bildiradi, deb yozadi The Financial Times.

Foto: time.com

Foto: time.com

Nashr manbalari bergan ma’lumotga ko‘ra, Twitter o‘ziga to‘liq musiqiy servisni qo‘shib olmoqchi va shu bilan foydalanuvchilar sonini oshirmoqchi.

So‘nggi yillarda Twitter auditoriyasi o‘sish sur’atining pasaygani investorlar tanqidiga uchramoqda. Kompaniya 2013-yil noyabrda o‘z aksiyalarini Nyu-York fond birjasiga kiritganidan buyon, ular o‘z narxlarining chorak qismini yo‘qotdi. Musiqani qo‘shish bilan Twitter ko‘proq foydalanuvchilarni o‘ziga jalb etmoqchi.

Soundcloud 700 million dollarga, Spotify 4 milliard, Pandora servisi esa 5 milliard dollarga baholangan. Taqqoslash uchun, hozircha 300 million dollarlik MoPub reklama platformasi Twitter’ning eng qimmat oldi-sotdi shartnomasi bo‘lib turibdi.

Avvalroq Twitter o‘zining #Music servisini ishga tushirgan, biroq foydalanuvchilarning e’tiborini qozona olmaganligi uchun 2014-yil martida yopilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
Braziliya va Xitoy o‘rtasida savdoda dollardan voz kechilib, yuanga o‘tildi
Mahalliy
“O‘zgidromet” 1-aprel kuni qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Mahalliy
O‘zbekistonda har uchinchi ayol turmush o‘rtog‘i tomonidan o‘ziga nisbatan zo‘ravonlik sodir etilgan deb biladi