Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyda to‘qqiz kishi terrorchilik uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi, deya xabar berdi Xitoyning CCTV telekanali. Yana uch kishi oliy jazoga ikki yil muhlat bilan mahkum etildi, bu qatlning umrbod qamoq jazosiga almashtirilishi mumkinligini bildiradi.

Urumchi shahridagi bozorda ro‘y bergan terakt. Foto: AFP

Urumchi shahridagi bozorda ro‘y bergan terakt. Foto: AFP

Jami 81 kishi ustidan jinoiy ish ochilgan. Ularning barchasi Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumani aholisidir. Ular terrorchilik harakatlarini tayyorlashda, ekstremistik tashkilotlarga a’zolikda, shuningdek o‘t qo‘yish va qotillikda ayblanmoqda. Sud ayblanuvchilarga nisbatan turli qamoq muddatlari belgiladi. Hukmlar haqida batafsil ma’lumot berilmayapti.

Hibsga olish 22-may kuni Sinszyan-Uyg‘ur avtonom tumani ma’muriy markazi — Urumchidagi bozorda ro‘y bergan terrorchilik harakatidan keyin boshlandi. O‘shanda ikkita avtomobil olomon ustiga yurib kelgan va yo‘lovchilarga mashina oynalaridan portlovchi vositalarni irg‘itgan. Natijada 43 kishi halok bo‘lgan, 80 ga yaqin kishi jarohatlangan. Hodisadan so‘ng XXR raisi Si Szinpin mintaqada maxsus operatsiyalar rejimini joriy qildi.

Xitoy g‘arbida joylashgan ushbu avtonom tumanda terrorchilik tashkilotlari keng faoliyat olib boradi, ular XXRdan alohida ajralib chiqish uchun kurashadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha uch nafar huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimi qamoqqa olindi 
Dunyo
G7 davlatlari Xitoy, Shimoliy Koreya va Eronga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda — Bloomberg
Mahalliy
Oʻzbekistonning yanvar oyidagi budjet daromadi ochiqlandi