Poytaxtdagi R. Gliyer nomli Respublika ixtisoslashtirilgan musiqa akademik litseyida maktab o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkaziladigan Muhiddin Qoriyoqubov nomidagi respublika tanlovining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Turkiston press” xabar berdi.
Dastlab tuman va viloyat bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, respublika bosqichiga yo‘llanma olgan o‘quvchilar xalq cholg‘ulari, an’anaviy xonandalar va sozandalar, raqs, teatr va rassomchilik san’ati kabi 29 ta yo‘nalish bo‘yicha bellashadi.
Tanlovning ochilish marosimida o‘quvchilar tomonidan konsert dasturi namoyishi etilib, unda san’atkor bolalarning chiqishlari tadbirga fayz bag‘ishladi.
Izoh (0)