2014-yilda Sirdaryo viloyati hokimligi tashabbusi bilan sakkizta kasb-hunar kolleji Isuzu avtobuslari bilan ta’minlandi. Natijada 1,5 mingdan ziyod o‘quvchining darslarga kelib-ketishiga zarur qulaylik yaratildi. Shuningdek, kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari uchun jamoat transportida yo‘l haqi miqdori 50% etib belgilandi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar berdi.
Bundan tashqari, Sirdaryo tumanidagi “Malik” agrosanoat kasb-hunar kolleji hovlisida velopark paydo bo‘ldi. Bu yerda tahsil olayotgan 20 nafar o‘quvchi darslarga velosipedlarda qatnay boshladi.
Sirdaryodagi Sayxunobod sanoat kollejining 20 nafar o‘quvchisiga homiylar tomonidan velosipedlar topshirildi. Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi boshqarmasidan ma’lum qilishlaricha, yana 400 nafardan ziyod o‘g‘il-qizga velosipedlar taqdim etiladi.
Izoh (0)