Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatidagi 19 statsionar bolalar oromgohida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumida 26 ming 240 o‘g‘il-qiz dam oladi. Kam ta’minlangan oilalarning 3500 nafar farzandi, 160 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi hamda 100 nafar iqtidorli o‘quvchi bepul yo‘llanma bilan ta’minlanadi. Bu haqda O‘zA xabar beradi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

“Sog‘lom bola yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan 500 nafar bola Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohiga jalb qilinadi.

Viloyatdagi barcha oromgohlarda yozgi mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rildi. “Qishloqxo‘jalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasiga qarashli “Kimyogar”, viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasiga qarashli Ulug‘bek nomidagi, “Geoburg‘uneftegazservis” sho‘ba korxonasiga qarashli Beruniy nomidagi, “Tallimarjon IES” unitar korxonasining “Sohibqiron” oromgohlari rekonstruksiya qilinib, zamonaviy sharoitlar yaratildi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya va Suriyadagi zilzila nega halokatli oqibatlarga olib keldi?
Mahalliy
“Qardoshlarimizga hamdardmiz”. O‘zbek jamoatchiligi Turkiyadagi zilzilaga munosabat bildirdi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruv bo‘yicha qarorni imzoladi