Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Navoiyda regbi bo‘yicha xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda O‘zA.

Foto: dhakatribune.com

Foto: dhakatribune.com

Unda poytaxtning “Toshkent-1”, “Toshkent-2”, Navoiy va Samarqand viloyatlari jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.

Musobaqa yakuniga ko‘ra, poytaxtning “Toshkent-1” jamoasi birinchi, navoiyliklar ikkinchi va “Toshkent-2” jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.

– Viloyatimizda mazkur sport turini yanada rivojlantirish uchun barcha sharoitlar mavjud, – deydi O‘zbekiston regbi federatsiyasi Navoiy viloyati bo‘limi ijrochi direktori Elyor Hayitov. – Prezident rahnamoligida sportning ommaviyligini ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor samarasida xalqaro miqyosda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir navoiylik yoshlar safi tobora kengayib borayotganidan faxrlanamiz.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Andijonda 127 ming nafar ishsiz fuqaro mavjud. Har yili yana 50 ming nafar yoshlar mehnat bozoriga kirib keladi” — prezident 
Mahalliy
O‘zbekistonda 2-fevraldan metan zapravkalar faoliyati tiklanadi
Mahalliy
Jizzax, Samarqand, Farg‘onada elektr tarmog‘iga noqonuniy ulanib, qariyb 250 mln so‘m zarar yetkazgan tadbirkorlar ushlandi