Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Avtomobil va daryo transporti agentligi boshlig‘ining buyrug‘i bilan Avtomobilda tashuvchi tomonidan haydovchilarga yo‘l harakati xavfsizligi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar berish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Foto: uztransport.uz

Foto: uztransport.uz

Yo‘lovchi, yuk, bagaj tashish xizmatini ko‘rsatadigan yuridik shaxs haydovchilarga quyidagi turdagi yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatilishini ta’minlashi shart:

  • dastlabki – ishga qabul qilishda;
  • reys oldi – yo‘nalishga chiqish oldidan;
  • maxsus – muayyan mavzu bo‘yicha;
  • mavsumiy – bahorgi-yozgi va kuzgi-qishki mavsumlardan oldin;
  • navbatdan tashqari – haydovchilarga alohida shart-sharoitlar bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot va talablarni yetkazish zarur bo‘lganda.
Yo‘l-yo‘riqlar haydovchining ish tajribasi va malakasidan qat’iy nazar, to‘liq hajmda berilishi lozim.

Yo‘l-yo‘riqlar berishning to‘g‘ri va to‘liq hajmda tashkil etilishi uchun mas’uliyat bevosita avtomobilda tashuvchining rahbari zimmasiga yuklatiladi.

Tegishli yil uchun yo‘l-yo‘riqlarning turi, mazmuni, berish vaqti, joyi va yo‘l-yo‘riq berish vazifasi yuklatiladigan shaxslar ro‘yxati YHX xizmati tomonidan ishlab chiqiladi va avtomobilda tashuvchining rahbari tomonidan tasdiqlanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova