Sirdaryo viloyati Guliston shahridagi “Kamalak — LB” xususiy korxonasi mutaxassislari tomonidan “Kamaksid — DSh” deb nomlangan yangi veterinariya preparati yaratildi. Bu haqda “Xalq so‘zi” gazetasi xabar berdi.
“Kamaksid — DSh” dori vositasi chorva mollar saqlanadigan binolar, issiqxonalar hamda don mahsulotlari omborxonalarida zararkunanda hasharotlarni yo‘qotishga mo‘ljallangan bo‘lib, u tutantiriq sifatida qo‘llaniladi va natijada inshootning barcha joyini qamrab oladi. Yana bir e’tiborli jihati, preparat foydalanib bo‘lingach, o‘zidan uzoq vaqt yoqimsiz hid taratmaydi.
E’tirof etish kerakki, “Kamalak — LB” xususiy korxonasida tayyorlanayotgan 8 turdagi preparat O‘zbekistonning ko‘plab viloyatlarida samarali qo‘llanilmoqda.
Izoh (0)