O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov Afg‘onistonning Badaxshon viloyatida yuz bergan suv toshqinlari oqibatida ko‘plab insonlarning nobud bo‘lgani va jiddiy talofatlar ko‘rilgani munosabati bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi Prezidenti Hamid Karzayga hamdardlik bildirdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Eslatib o‘tamiz, 2-may kuni Afg‘oniston shimoli-sharqidagi Badaxshon viloyatining tog‘li hududida yuz bergan ko‘chki oqibatida 2000 dan ortiq odam halok bo‘lgan edi.
Afg‘oniston Prezidenti Hamid Karzay 4-mayni ko‘chki qurbonlari uchun milliy motam kuni, deb e’lon qilgan.
Izoh (0)