25 ming dollar to‘lagan ikki muxlis Gollivud yulduzi Bred Pitt bilan muloqot qilish imkoniyatini qo‘lga kiritadi. 22-apreldan Pitt tomonidan asos solingan Make It Right xayriya tashkiloti hisobiga aytilgan mablag‘ni tushirganlar o‘rtasida aktyor bilan oqshomni o‘tkazadigan muxlislarni aniqlash uchun o‘yin tashkil etiladi. Bu haqda Contactmusic.com xabar berdi.
Aksiyani Bred Pitt kupon sayti bilan hamkorlikda tashkil qildi. 25 000 AQSh dollari to‘lagan kishilardan ikkitasi tanlab olinadi va ular 6-may kuni Yangi Orlean (AQSh)ga jo‘nab ketadi va uch kun W Hotel mehmonxonasida bo‘ladi. Shuningdek, muxlislar Pitt bilan yopiq xayriya tadbiriga tashrif buyuradi.
Make It Right xayriya tashkiloti 2007-yilda Bred Pitt tomonidan “Katrina” to‘fonidan jabrlanganlarga yordam berish maqsadida tuzilgan.
Izoh (0)