Toshkent metropoliteni Ramazon hayiti kuni o‘z faoliyatini odatdagidan 1 soat oldin boshlaydi. Bu haqda metropoliten matbuot xizmati xabar qildi.
![](/static/2024/04/08/photo_2022-10-31_13-59-06-bRCbvB8b.jpg)
Qayd etilishicha, shu kuni metro poyezdlari soat 04:00 dan yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni boshlaydi.
Shuningdek, bayram munosabati bilan belgilangan qo‘shimcha dam olish kunlarida (11,12,14-aprel) metro poyezdlari yakshanba kuni uchun tasdiqlangan jadvalda va 13-aprelda esa, odatiy ish kunlari uchun belgilangan grafik asosida soat 05:00 dan harakatlanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Ramazon hayiti 10-aprel kuni nishonlanadi.
Izoh (0)