O‘zbekiston tijorat banklari 18-aprel holatiga ko‘ra AQSH dollarining kursini oshirdi.
Banklarda 1 AQSH dollarining sotuv kursi 12 760 so‘m atrofida bo‘lib turibdi.
Quyida dollarning yangi qiymatini e’lon qilgan ayrim banklar keltirilgan:
- Invest Finance bank: sotib olish — 12 680, sotish — 12 760;
- OFB, KDB bank: sotib olish — 12 630, sotish — 12 760;
- Hamkorbank: sotib olish — 12 670 so‘m, sotish — 12 760 so‘m.
- Ipotekabank: sotib olish — 12 680 so‘m, sotish — 12 760 so‘m.
Ma’lumot uchun, dollarning rasmiy kursi 18-aprel holatiga ko‘ra 12 694,96 so‘mni tashkil etmoqda. Dollar rasmiy kursi 27-mart kuni ilk bor 12 600 so‘mdan oshgandi.
Izoh (0)