Buenos-Ayres provinsiyasi janubidagi Baiya-Blanka shahridagi suv toshqinlari oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda La Nacion gazetasi mahalliy hokimiyat ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.
Hokimiyat ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha zarar ko‘rgan hududda 400 mm yog‘ingarchilik bo‘lib, bu shahar uchun tarixiy maksimal ko‘rsatkichdir.

Mudofaa vaziri Luis Petri, xavfsizlik vaziri Patritsiya Bullrix va Buenos-Ayres provinsiyasi gubernatori Aksel Kisllof Baiya-Blanka shahriga yetib keldi.
"Hozirgacha Baiya-Blankada 375 kishi, Daniel Serri shahri chekkasida esa 800 dan ortiq odam evakuatsiya qilingan. Halok bo‘lganlar soni 10 kishiga yetgan, hodisa ko‘lamini hisobga olsak, qurbonlar soni ko‘proq bo‘lishi mumkin", deya qayd etdi Baiya-Blanka shahri meri Federiko Susbielles.
Federal hukumat suv toshqini oqibatlarini bartaraf etish uchun 10 milliard peso (9 million dollar) ajratishga va'da berdi.
O‘tgan yilning oktyabr oyi oxirida kuchli yomg‘ir Ispaniyaning Valensiya avtonom hamjamiyatida va unga qo‘shni hududlarda suv toshqinlariga sabab bo‘lgandi.

Buning oqibatida 220 dan ortiq odam halok bo‘lgan. Ispaniyaning ko‘plab aholisi mahalliy hokimiyatni tabiiy ofatdan jabr ko‘rgan hududlarga yordam ko‘rsatish bo‘yicha yetarlicha samarali choralar ko‘rmaganlikda aybladi.
Izoh (0)