• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12904.51
    • RUB161.99
    • EUR14575.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +28°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Iqtisodiyot

    “Davlat tadbirkorlik bilan shug‘ullanishni to‘xtatishi kerak” — iqtisodchi Behzod Hoshimov

    O‘zbekistonda davlatga tegishli barcha sanoat tarmoqlari to‘liq xususiylashtirilishi kerak. Bu haqda iqtisodchi Behzod Hoshimov Telegram’dagi kanalida fikr bildirdi.

    Behzod Hoshimov
    Foto: UzReport-TV

    Behzod Hoshimovning yozishicha, davlatning ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi samarasizlik va qator iqtisodiy muammolarga olib keladi.

    “Bu hikoyani iqtisodiy siyosatni noto‘g‘ri yuritish haqida qissa deb nomlasak bo‘ladi. Chunki bunday misollar o‘nta emas, yuzlab. Voqea 2017-yilda boshlangan. O‘sha yilgi xabarlar: Loyihaga ko‘ra, “Rezinatexnika mahsulotlari zavodi” Angren shahridagi sanoat hududida barpo etiladi. Uning umumiy qiymati 213,97 mln AQSH dollari ekvivalentiga teng… Moliyalashtirish Xitoyning “Eksimbank”i, “O‘zkimyosanoat”ning o‘z mablag‘lari va O‘zbekiston taraqqiyot va tiklanish jamg‘armasi kreditlari hisobidan amalga oshiriladi.

    Tushunishim bo‘yicha, 213,97 mln dollardan 156 millioni Xitoydan qarz edi. Ko‘p vaqt o‘tmay ayon bo‘ldiki, zavod samarasiz. Davlat ko‘zlagan niyatlariga yeta olmadi. Lekin qanday chora ko‘rildi? Kutilganidek, bir qator imtiyozlar berildi va albatta bojlar orqali o‘sha zavodni “himoya” qilishga tushildi. Bunday “himoya” tabiiyki, O‘zbekiston iqtisodiyotiga va o‘zbekistonliklarga to‘liq va mutlaq zarar edi. Lekin o‘sha zavodni “qutqarish” uchun hukumat shunday qimmat va zararli qaror qildi.

    Ko‘p vaqt o‘tmay, 213,97 million dollarga — xalq puliga qurilgan zavod 73 million dollarga sotildi. Nega unday narx, xabarim yo‘q. Balki adolatli narxi shu edi, balki katta ehtimol bilan 73 millionga sotib yuborish to‘g‘ri qaror bo‘lgan. Balki vaqt o‘tkazib sotishganida 5 millionga ham olmas edi, kim biladi deysiz. O‘zi samarasiz narsani iloji boricha tez sotib, uni yo‘qotish kerak. Lekin qissadan hissa shuki, davlat tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni to‘xtatishi kerak. Mutlaq va so‘zsiz”, — deb yozgan iqtisodchi.

    Behzod Hoshimov mavzuni tahlil qilar ekan, davlat hisobidan qarz olish va sanoat bilan shug‘ullanishdan to‘liq voz kechish kerakligiga urg‘u bergan.

    “O‘zavtosanoat” ham bor zavodlarini bozorda sotib yuborib, tugatilishi darkor. Butun davlatga tegishli sanoat to‘liq xususiylashtirilishi kerak. Ko‘chada 2024-yil, biz hali ham sovet paradigmasidan, davlatga tegishli bo‘lgan sanoat tashkilotlari kishanlaridan chiqib keta olmayapmiz. Buning sababi — noto‘g‘ri sanoat siyosati. Buning oqibati o‘ta katta samarasizlik, korrupsiya va resurslarni noto‘g‘ri taqsimoti.

    Davlatning asosiy funksiyalari bor — jamoat tovarlarini yetkazib berish, masalan, xavfsizlikni yoki toza havo va suvni. Avtomobillarga ballon, avtomobillar yoki temir ishlab chiqarish bu davlatning ishi emas. Bu narsa bilan davlat shug‘ullansa, xalq uchun ham, iqtisodiyot uchun ham kulfatli bo‘layotganini mana o‘nlab yillar davomida shohidi bo‘lib kelmoqdamiz”,— deya fikrini yakunlagan mutaxassis.

    Avvalroq iqtisodchi “O‘zavtosanoat” AJ va BYD Europe B.V hamkorligida tuzilgan BYD Uzbekistan Factory kompaniyasi O‘zbekiston hukumatidan elektromobillar importini cheklashni so‘ragani va bu talab hukumat tomonidan qondirilishi bo‘yicha munosabat bildirgandi.

    Behzod Hoshimov fikricha, savdoni cheklash faqat va faqat zarar keltiradi.

    “O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun bu zararni BYD’ni korporativ qiziqishlari uchun bo‘lsa ham qo‘llamaslik kerak. Ertaga agar Apple xat yozib, iPhone’ni ham norasmiy olib kirishlarini cheklashimizni xohlasa, ularga ham unday cheklov qo‘ymasligimiz kerak. To‘g‘ri, rasmiy Apple bizda yo‘q, xohlasa Apple rasmiy olib kirsin, lekin agar rasmiy narx, boshqa alternativadan qimmatroq bo‘lsa, o‘zbekistonlik isteʼmolchilarni tanlovi mavjud bo‘lsin”, — deya holatga munosabat bildirgan mutaxassis.

    04.04.2024, 13:28   Izoh (0)   9445
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda inflyatsiya yana pasaydi. Oziq-ovqat va boshqa mahsulotlar narxlari qanday o‘zgardi? 

    01.04.2024, 11:17

    O‘zbekiston byudjeti taqchilligi rekord darajada ortdi. Nimalarga ko‘p xarajat qilingan? 

    01.04.2024, 20:30

    O‘zbekiston byudjetidan qaysi sohaga eng ko‘p subsidiyalar ajratilayotgani maʼlum bo‘ldi

    02.04.2024, 19:00

    O‘zbekiston byudjeti uchun og‘ir kelgan 2023-yil: hududlar daromad va xarajatlari qancha bo‘ldi?

    03.04.2024, 19:50

    Toshkent shahar hokimligini qo‘riqlash uchun 3,3 milliard so‘m sarflanadi

    03.04.2024, 13:42

    O‘zbekistonda ish haqi, pensiya va nafaqalar uchun yillik to‘lov miqdori maʼlum qilindi

    02.04.2024, 12:12
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10

    “Lend-Liz” yordami sovg‘a bo‘lmagan — Britaniya ikkinchi jahon urushida berilgan yordamni qanday qaytargan edi?

    19 may, 15:00

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Isroil barcha faol piyoda va zirhli brigadalarini G‘azoga kiritdi

    Dunyo | 25 may, 19:15

    Tramp Garvard universitetida o‘qiydigan xorijlik talabalar maʼlumotini so‘radi

    Dunyo | 25 may, 18:40

    Yevropaning ikki top klubi yaponiyalik futbolchi uchun kurashmoqda

    Sport | 25 may, 18:21

    Qozog‘istonda chigirtkalarga qarshi dronlardan foydalaniladi

    Qozog‘iston | 25 may, 18:10

    O‘zbekiston va Vengriya vagonsozlik sohasida birgalikda ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi

    O‘zbekiston | 25 may, 17:40

    Putinning Kursk viloyatiga tashrifida dronlar hujum qilgan — OAV

    Dunyo | 25 may, 17:11

    Xavi Osiyo qit’asiga qaytishi mumkin

    Sport | 25 may, 16:40

    O‘zbekistonda ekologik nazoratda sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlaridan foydalaniladi

    O‘zbekiston | 25 may, 15:50
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.