• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12790.43
    • RUB162.6
    • EUR14486.44
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Finlyandiya AQSHga tuxum yetkazib berishdan bosh tortdi

    AQSH parranda grippi tufayli tuxum taqchilligi kuchayib borayotgan bir paytda, Yevropa mamlakatlaridan, jumladan, Finlyandiyadan ehtimoliy yordam so‘radi. Bu haqda Yle xabar berdi.

    Foto: Just Food

    Biroq Finlyandiya Parrandachilik uyushmasi ijrochi direktori Veera Lehtilaning ta’kidlashicha, Helsinkining AQSHga tuxum yetkazib berishi dargumon. Sababi Vashington bilan bu borada hech qanday eksport kelishuvi mavjud emas.

    Kelishilgan qoidalar bo‘lmasa, eksportni boshlash oson emas, dedi Lehtila.

    Shuningdek, u Finlyandiya tuxum eksportini yo‘lga qo‘ygan taqdirda ham, bu AQSHdagi taqchillik muammosini hal qila olmasligini qayd etdi. Bundan tashqari, parranda grippi faqat AQSHdagina emas, balki Yevropada ham muammo bo‘lib qolayotganini eslatib o‘tdi.

    Hozircha Finlyandiya bu vaziyatni yaxshi boshqarmoqda, ammo infeksiyaning oldini olish uchun doimiy sa’y-harakatlar talab etiladi, deya qo‘shimcha qildi Lehtila.

    Daniyaning Agriwatch jurnali ma’lumotlariga ko‘ra, AQSH Daniya, Shvetsiya va Niderlandiyaga ham tuxum yetkazib berish bo‘yicha so‘rov yuborgan.

    Ular bizdan tuxum yetkazib bera olamizmi va qanday hajmda, deb so‘rashdi, dedi Lehtila.

    Biroq Shvetsiyaning Kronäggs kompaniyasi Qo‘shma Shtatlarga tuxum eksport qilish ehtimoli juda pastligini ma’lum qildi. Buning sababi sifatida turli eksport cheklovlari va Yevropaning o‘zida ham tuxum tanqisligi borligi ko‘rsatildi.

    AQSHda tuxum narxi rekord darajaga yetdi

    Avvalroq AQSH tuxumni asosan Kanadadan import qilgan. Ammo prezident Donald Tramp e’lon qilgan savdo urushi tufayli bu jarayon sezilarli darajada qisqargan.

    2024-yilning so‘nggi choragida parranda grippi epidemiyasi oqibatida AQSHda 20 milliondan ortiq tuxum qo‘yuvchi tovuq nobud bo‘ldi. Bu esa tuxum narxining keskin oshishiga va do‘konlarda taqchillik yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.

    AQSH Qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2024-yil fevral oyi oxirida O‘rta G‘arb shtatlarida 12 dona tuxumning o‘rtacha narxi 8,41 dollarga yetdi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 200 foizdan ko‘proqqa oshgan.

    Narxlarning keskin ko‘tarilishi tufayli AQSH Adliya vazirligi tuxum bozori bo‘yicha tergov boshladi. Bloomberg xabariga ko‘ra, rasmiylar Cal-Maine Foods va Rose Acre Farms kabi yirik ishlab chiqaruvchilar narxlarni sun’iy oshirish va mahsulot yetkazib berishni cheklash orqali til biriktirgan-biriktirmaganini tekshirmoqda.

    17 mart, 09:45   Izoh (0)   2699
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #AQSH tuxum

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    “AQSHda tuxum narxi oshib ketganiga Bayden ma’muriyati aybdor” — Tramp matbuot kotibi

    29 yanvar, 17:00

    O‘zbekistonda “Parranda boqish – daromad topish” loyihasi amalga oshiriladi

    2 fevral, 11:15

    AQSHda parranda grippi tufayli tuxum narxi rekord darajada oshdi

    13 fevral, 20:43

    “Amerikaning oltin davri endi boshlandi”: Trampning Kongressdagi muhim bayonotlari

    5 mart, 13:53

    O‘zbekistonda 2026-yilda yangi parranda zoti paydo bo‘ladi

    10 mart, 10:30
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari Hindistonda uchrashadi

    Dunyo | 2 iyun, 13:53

    Messi va Ronaldu bir jamoada o‘ynashi mumkin

    Sport | 2 iyun, 13:35

    Qo‘rqinchli tushlar inson sog‘lig‘i haqida nimalarni aytib bera oladi?

    Layfstayl | 2 iyun, 13:34

    Rossiya 20 yil qidiruvda bo‘lgan qozog‘istonlikni ekstraditsiya qildi

    Dunyo | 2 iyun, 13:04

    Lego va Nike hamkorlikda kiyim-kechak va yangi konstruktor ishlab chiqaradi

    Qo‘ziqorin | 2 iyun, 12:57

    O‘zbekistonda yozning ilk haftasi qanday ob-havo bo‘lishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 2 iyun, 12:53
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.