Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo Kubogi yarim finalida O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi 29-aprel, dushanba kuni Indoneziyaga qarshi bahs olib bordi.
Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda ham jamoalar darvoza tomon xavfli hujumlarni uyushtirdi.
61-daqiqaga kelib, Indoneziyaliklar hisobni ochdi. Biroq gol hakam tomonidan bekor qilindi. Golli uzatmani amalga oshirgan futbolchi o‘yindan tashqari holatda bo‘lgani aniqlandi. 68-daqiqada Husayn Norchayev darvozani ishg‘ol qildi.
84-daqiqada Indoneziya futbolchisi Ramadani qizil kartochka olib, maydonni tark etdi.
86-daqiqada Rifai o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Shu tariqa O‘zbekiston 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Shuningdek, Timur Kapadze jamoasi Parij Olimpiadasiga yo‘llanmani ham naqd qildi.
O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi finalda Yaponiya—Iroq juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradi.
U-23 Osiyo Kubogi
Yarim final
29-aprel, dushanba
O‘zbekiston U-23 – Indoneziya U-23 2:0
Gollar: 1:0 — 68 Norchayev, 2:0 — 86 Rifai.
O‘zbekiston U-23: 1. Abduvohid Ne’matov, 3. Zafarmurod Abdirahmatov, 4. Abduqodir Husanov, 7. Hojimat Erkinov (10. Jasurbek Jaloliddinov, 46), 9. Ulug‘bek Hoshimov (19. Husayn Norchayev, 46), 14. Abbosbek Fayzullayev (6. Ibrohimhalil Yo‘ldoshev, 90), 15. Umarali Rahmonaliyev, 16. Asadbek Rahimjonov (5. Muhammadqodir Hamraliyev, 66), 18. Alibek Davronov, 22. Alisher Odilov (20. Ruslanbek Jiyanov, 71), 23. Abdurauf Bo‘riyev.
Indoneziya U-23: 12. Pramata Arnan, 3. Muhammad Ferarri, 5. Rizki Ridho Ramadani, 6. Ivar Jenner, 7. Marselino Ferdinan, 8. Vitan Suleyman, 9. Ramadan Sananta, 10. Jastin Xabner, 14. Muhammad Fajar Fatxur, 21. Ernando Ari Suratayri, 23. Natan Tjoe.
Izoh (0)