Eng yirik fast service tarmoqlaridan biri ro‘zadorlarni qanday qo‘llab-quvvatlayotgani haqida.
Oqtepa Lavash ko‘p yillar davomida shunchaki restoran tarmog‘i emas, balki har bir mehmon e’tibor va g‘amxo‘rlikni his qiladigan maskan bo‘lib qolmoqda. Aksariyat odamlar uchun an’analarga amal qilish ahamiyatli bo‘lgan Ramazon oyida brend o‘z xizmatlari va kommunikatsiyasini moslashtirishda davom etib, barcha ro‘zadorlar uchun qulay sharoitlarni yaratmoqda.
“Ramazon — bu yakdillik, mehr-muhabbat va o‘zaro g‘amxo‘rlik vaqti. Oqtepa Lavash hammaga tinchlik-totuvlik, farovonlik va dasturxon ustida iliq uchrashuvlarni tilab qoladi. Ushbu oy har bir xonadonga quvonch, uyg‘unlik va qalb xotirjamligini olib kelsin!”, Farhod G‘ulomov, Oqtepa Lavash tarmog‘i hamasoschisi.
24/7 yetkazib berish.
Oqtepa Lavash g‘amxo‘rligining muhim jihatlaridan biri — kun-u tun davomida yetkazib berish. Tarmoqning 20 ta filiali 24/7 rejimida ishlaydi, ulardan 17 tasi poytaxtda, yana 3 tasi — mamlakatimiz viloyatlaridagi yirik shaharlarda joylashgan. Bu mehmonlarga istalgan vaqtda, jumladan, tongda “saharlikdan” oldin sevimli taomlarini olish imkonini beradi.
G‘amxo‘r tashqi reklama.
Ko‘p yildan beri yaxshi an’anaga aylangan g‘amxo‘rlikning yana bir ko‘rinishi — dinamik LED-ekranlardir. Ro‘za kuni davomida ko‘chalardagi ekranlarda kreativlar ro‘zadorlarga ortiqcha noqulaylik bo‘lmasligi uchun taomlarning tasvirisiz uzatiladi. “Iftor”dan keyin ekranlarda ishtahaochar taomlar ko‘rsatiladi. Bunga brendning bilbordlarni taqdim etadigan va g‘oyani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlayotgan sheriklar bilan yaqin hamkorlik tufayli erishildi.
Ramazon bokslari.
Ramazon munosabati bilan Oqtepa Lavash taomnomasida an’anaviy ta’mlar va mehmonlarning tanlovini hisobga olgan holda yaratilgan uchta maxsus “Ramazon boksi” paydo bo‘ldi. Bu taomlar iftordan keyin kechki tanovvulini yanada yoqimli qiladi. Bokslarning tarkibi bilan tarmoqning Telegram-botida tanishish mumkin.
- Ramazon boksi 1: shaurma, fri kichkina, Pepsi 0.3, naggets 2 dona, ketchup, xurmo, “zam-zam” suvi va maxsus stikerpak.
- Ramazon boksi 2: “Tovuqli looonger”, fri kichkina, Pepsi 0.3, naggets 2 dona, ketchup, xurmo, “zam-zam” suvi va maxsus stikerpak.
- Ramazon boksi 3: gamburger, fri kichkina, Pepsi 0.3, naggets 2 dona, ketchup, xurmo, “zam-zam” suvi va maxsus stikerpak.
Bundan tashqari, Oqtepa Lavash’ning har bir filialida mehmonlarga iftordan oldin va keyin “zam-zam” suvi va xurmo taqdim etish an’anasi amal qiladi. Bu sezilarsiz bo‘lsa-da, ammo tarmoqning jami 96 ta restoranida Ramazon muhitining ajralmas qismiga aylangan hurmat va qo‘llab-quvvatlashning muhim jihatiga aylangan.
Yetkazib berish: t.me/oqtepalavash_bot
Instagram: oqtepalavashuz
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)