• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Yaponiya bosh vaziri va BMT bosh kotibi Nagasaki bo‘yicha nutqda AQSHni tilga olmadi

    BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, Yaponiya bosh vaziri Sigeru Isiba va Nagasaki shahri meri Siro Sudzuki Nagasaki shahriga atom bombasi tashlanganining 80 yilligi munosabati bilan o‘tkazilgan marosimda 1945-yilda AQSHning bu shaharga hujum qilganini tilga olishmadi. Marosim asosiy telekanallar va internet tarmog‘ida jonli efirda namoyish etilgan.

    Foto: AP
    “Bugun, 80 yil oldin, bu shahar bitta atom bombasi tufayli bir zumda na daraxti, na o‘ti qolgan kuygan yerga aylandi. Xirosimaga tashlangan bombadan ham kuchliroq bo‘lgan plutoniy bombasi bir lahzada 70 ming kishining hayoti va kelajagini olib qo‘ydi, ularning aksariyati oddiy fuqarolar edi. Urush olovidan omon qolganlar esa uzoq vaqt davomida sog‘liqlariga yetkazilgan zarardan aziyat chekishdi”, dedi Isiba.

    BMT bosh kotibi o‘rinbosari, qurolsizlanish masalalari bo‘yicha oliy vakil Idzumi Nakamitsu tomonidan o‘qilgan BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishning maktubida ham bombani qaysi davlat tashlagani haqida hech narsa aytilmagan.

    “Nagasaki bitta atom bombasidan halokatli zarar ko‘rgan kundan buyon bugun 80 yil to‘ldi. O‘n minglab qurbonlar orasida yaqinlarini yo‘qotganlarning qayg‘usiga hamdardmiz. Biz atom bombardimonidan jabr ko‘rgan xibakusyalarga ularning jasorati va guvohliklari uchun minnatdorlik bildiramiz”, dedi Nakamitsu.

    An’anaga ko‘ra, marosim boshida atom portlashidan kuyib vafot etayotganlar suv so‘ragani uchun yodgorlik oldiga suv qo‘yilgan. Shundan so‘ng shahar meri, bosh vazir, vazirlar mahkamasi a’zolari, partiya rahbarlari yodgorlik poyiga gulchambarlar qo‘yishgan.

    Bu yil marosimda 95 ta davlat vakillari ishtirok etmoqda.

    1945-yil 9-avgust kuni soat 11:02 da Amerika harbiy-havo kuchlari tomonidan Nagasakiga quvvati 20 kilotonna va og‘irligi to‘rt yarim tonna bo‘lgan Fat Man (“Semiz odam”) atom bombasi tashlandi. Bomba shahar ustidan 503 metr balandlikda portladi. Portlash markazidan bir kilometr radiusda bo‘lganlarning barchasi halok bo‘ldi.

    Portlashdan keyingi birinchi yilning o‘zida 70 mingdan ortiq odam vafot etdi. Jabrlanganlarning 50 foizdan ortig‘i kuyish, 30 foizgacha qismi zarba to‘lqinidan shikastlanish, 20 foizi o‘tuvchi radiatsiya ta’siriga uchradi. Yong‘inlar turar joy binolarining katta qismini vayron qildi.

    9 avgust, 13:15   Izoh (0)   1082
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Yaponiya#AQSH

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jomboy tumanidagi zapravka yonib ketdi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:27

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorida yirik yong‘in sodir bo‘ldi (video)

    O‘zbekiston | 11 avgust, 08:14

    “Hijob masalasini kuch bilan hal qilib bo‘lmaydi” — Eron prezidenti

    Dunyo | 11 avgust, 08:00

    Xitoylik er-xotin ajrashayotganda 29 ta tovuqni bo‘lisha olmadi

    Dunyo | 10 avgust, 23:59

    ChatGPT maslahati sababli erkak jinnixonaga tushib qoldi

    Dunyo | 10 avgust, 23:35

    Putin Xerson va Zaporojye viloyatlaridan rus qo‘shinlarini olib chiqmaydi

    Dunyo | 10 avgust, 23:15
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.