• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    “Hech narsadan afsuslanmayman”: ISHID jangarisi qatl oldidan intervyu berdi

    Somalida qo‘lga olingan 24 yoshli ISHID jangarisi o‘q otish orqali o‘limga hukm qilinadi. U qatl oldidan Sky News telekanaliga intervyu berib, qilmishidan afsuslanmasligini ochiq aytdi.

    Foto: SkyNEws
    Foto: SkyNews

    Jangari ISHID qo‘mondoni sifatida faoliyat yuritgan, snayperlikka tayyorgarlik ko‘rgan va portlovchi qurilmalar tayyorlovchi guruh tarkibida bo‘lgan. ISHID hozirda Somali shimolidagi yarim avtonom hudud — Puntland g‘orlarida global shtab-kvartirasini joylashtirgan. U shu yerdan butun dunyo bo‘ylab faoliyatini moliyalashtirmoqda.

    Muthar Hamid Qoiyid asli yamandlik bo‘lib, dengiz yo‘li orqali Somaliga kelgan. U o‘zini bomba tayyorlovchi guruhning faol a’zosi emasligini ta’kidlaydi.

    “Men portlovchi qurilma tugmasini bosmaganman. Faqat qarab turganman. Bombani boshqa odam yasab, uni portlatgan. Men musulmonlarni o‘ldirish uchun bu yerga kelmaganman. Hech narsadan afsuslanmayman. Hozir xonadan olib chiqib otib tashlasangiz ham, men afsuslanmayman. Meni otishsa yoki osishsa ham farqi yo‘q. Oxir-oqibat menga bari bir”, degan u jurnalistlarga jilmayib.

    Shu bilan birga, Hamid Qoiyid uning oilasi ISHIDni yoqtirmasligini qayd etgan.

    “Agar ular meni bu yerda topsa, xafa bo‘lardi”, deya ta’kidlagan jangari.
    Foto: SkyNews
    Foto: Muthar Hamid Qoiyid / SkyNews

    Undan bombalar tufayli odamlar halok bo‘lganidan xabardor yoki yo‘qligi so‘ralganida, u quyidagicha javob qaytargan.

    “Ha, lekin bombalar hammani o‘ldirmaydi. Faqat kofirlarni”, degan u.
    ISHID tomonidan amalga oshirilgan teraktlar millati va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, tinch aholiga qaratilgan. Ular o‘z hujumlarida masjidlarga ham, boshqa ibodat maskanlariga ham zarba bergan.

    Puntlanddagi ISHID g‘orlaridan jangarilarga tegishli xorijiy pasportlar topilgan. Ular orasida Janubiy Afrika, Germaniya, Saudiya Arabistoni, Venesuela va Bahrayn fuqarolarining, hatto bolalarning ham hujjatlari mavjud.

    Foto: SkyNews
    Foto: SkyNews

    Ma’lumotlarga ko‘ra, 2024-yil dekabr oyidan beri davom etayotgan Puntland armiyasi hujumi chog‘ida o‘ldirilgan 600 nafar ISHID a’zosidan atigi beshtasi somalilik bo‘lgan.

    “Asosiy maqsad — dunyoni boshqarish edi”

    Yana bir ISHID jangarisi, marokashlik Usmon Bukukar Bin Fuad ham jurnalistlarga intervyu berdi. U terrorchilik tashkiloti tomonidan aldanib, faqatgina pul ishlab topishi mumkinligini eshitgani uchun Somaliga borganini aytdi.

    Foto:
    Foto: Usmon Bukukar Bin Fuad / SkyNews
    “Buning o‘rniga men g‘or qazishga majbur bo‘ldim. Qochish qiyin edi, lekin ular menga Puntland kuchlarini o‘ldirish uchun o‘z jonimni portlatadigan jilet kiyishni buyurganida, ‘bu menga va’da qilgan ishingiz emas’ dedim va qochdim”, deydi u.

    Fuad uning qo‘liga qurol berishganini aytdi, biroq undan hech qachon foydalanmaganini ta’kidladi.

    “Men hech qachon jangda qatnashmaganman. Qurolim (AK-47) bor edi, lekin men faqat oddiy ishlarni — bir joydan ikkinchi joyga ta’minot olib borardim va buyruqlarni bajarardim”, dedi u.
    Foto: SkyNews
    Foto: Usmon Bukukar Bin Fuad / SkyNews

    U Somalidagi IShID yetakchisi Abdul Qodir Mo‘min bilan bir necha marta uchrashganini aytdi. Fuadning so‘zlariga ko‘ra, unga snayperlik (u tugatmagan) va xarita bo‘yicha mashg‘ulotlar berilgan, biroq Puntland armiyasi hujumi boshlangach, ular to‘xtatilgan.

    “Asosiy maqsad dunyoni boshqarish edi. Somalidan boshlanib, keyin Efiopiya va qolgan dunyo zabt etilishi rejalashtirilgan. Bosaso, Efiopiya yoki Yamanga jangarilar yuborish haqida ko‘p gaplarni eshitganman. Odamlarni dunyoning boshqa joylariga yuborish va butun dunyoni boshqarish rejaga kirgan edi, deya xulosa qildi u.
    ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

    21 avgust, 13:19   Izoh (0)   4667
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.