• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Texnologiyalar

    Google endi Janubiy Koreya harbiy obyektlarini xaritada xiralashtirib ko‘rsatadi

    Google kompaniyasi Janubiy Koreya milliy xavfsizlik siyosatiga amal qilgan holda sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, endilikda mamlakat hududidagi harbiy obyektlar xiralashtirib ko‘rsatiladi. Bu haqda The Korea Herald xabar berdi.

    Foto: Anadolu
    Foto: Anadolu

    Bu holat mamlakat hukumati yuqori aniqlikdagi xarita ma’lumotlarini ommaga ulashishga ruxsat berish-bermaslik masalasini ko‘rib chiqayotgan bir paytda yuz bermoqda. Google’ning ta’kidlashicha, kompaniya endi Janubiy Koreyaning maxfiylik siyostini inobatga oladi.

    Kompaniya 5-avgust kuni e’lon qilgan blog postida o‘zining global axborot xizmatini tashkil etish, uni ommaga qulay va foydali qilish missiyasi haqida so‘z yuritgan. Xususan, bu borada Google Maps asosiy rol o‘ynashi ta’kidlangan. Shuningdek, kompaniya  Janubiy Koreyda xarita bilan bog‘liq bir qancha muammolar borligini sanab o‘tgan.

    “Har yili Janubiy Koreyaga 10 milliondan ortiq xorijlik tashrif buyuradi. Ammo ular bu yerga qadam qo‘ygan zahoti turli muammolarga duch keladi”, deyiladi kompaniya bayonotida.

    Gap shundaki, Google xaritalarining yo‘nalish bo‘yicha harakatlanishni ko‘rsatuvchi (turn-by-turn) funksiyasi Janubiy Koreyada ishlamaydi. Bu butun dunyodagi kamdan-kam uchraydigan istisnolardan biri sanaladi.

    Google rasmiylariga ko‘ra, ular Janubiy Koreya hukumati bilan xizmatlarini to‘liq faollashtirish masalasida muntazam muloqot olib bormoqda. Jumladan, bahsli masalalar bo‘yicha kelishuvga erishishga harakat qilinmoqda.

    Foto: Google Blog
    Foto: Google Blog

    Google’ning ta’kidlashicha, 1:25 000 o‘lchamdagi xarita tasviri navigatsiya jarayoni uchun yetarli emas va juda xira hisoblanadi. Shuning uchun, kompaniya va mamlakat hukumati xarita tasvirini 1:5 000 o‘lcham etib belgilashga kelishib olgan. Ammo sun’iy yo‘ldosh tasvirlariga to‘xtalar ekan, Google bu suratlarni hukumatdan emas, balki ochiq bozorga ega tijorat provayderlaridan sotib olishini ta’kidlagan.

    “Maxfiy obyektlarni asl sun’iy yo‘ldosh tasvirlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri xiralashtirish eng samarali usuldir. Biz hukumat bilan birgalikda ushbu obyektlarni yashirish alternativlarini ishlab chiqmoqdamiz”, dedi kompaniya vakillaridan biri.

    Janubiy Koreya yer, infratuzilma va transport vazirligi 8-avgust kuni milliy xarita ma’lumotlarini ommaga taqdim etish bo‘yicha Google’ning so‘rovini ko‘rib chiqish uchun maxsus yig‘ilish o‘tkazishi rejalashtirilgan. Ushbu qaror aslida may oyida e’lon qilinishi kerak edi. Biroq u AQSH va Seul o‘rtasidagi savdo muzokaralari davom etayotgani bois kechiktirilgandi.

    Ma’lumot uchun, 2011 va 2016-yillarda ham Google xuddi shunday so‘rov bilan Jabuniy Koreya hukumatiga murojaat qilgandi. Biroq mamlakat hukumati har safar harbiy maxfiy ma’lumotlar xorijiy serverlarga chiqib ketish xavfi sabab bunga rad javobini bergan.

    Shu orada, 5-avgust kuni Inchonda bo‘lib o‘tgan APEC Global raqamli va sun’iy intellekt forumida “Google Korea” direktori Kim Kyong Xun xarita xavfsziligi masalalari bo‘yicha savollarga javob berishdan bosh tortgan.

    Ayni vaqtda, Janubiy Koreya hukumati sobiq prezident qarorgohi — Chong Va De (Ko‘k uy)ni milliy xavfsizlik obyektiga aylantirib, jamoatchilik uchun yopganiga qaramasdan, Google Maps’da ushbu hududning asosiy binolari, darvozasi, mehmon uyi va boshqa detallar ochiq ko‘rsatilmoqda.

    Aksincha, Naver Map va Kakao Map kabi mahalliy xarita xizmatlari mazkur obyektning ko‘pchilik qismlarini, jumladan kirish joylari va yozuvlarini xiralashtirib qo‘ygan. Tmap esa hatto obyekt atrofidagi sayyohlar uchun mo‘ljallangan Sarangchae markazini butunlay xaritadan olib tashlagan. Mazkur masalaga izoh bergan Google Korea rasmiysi shunday dedi:

    “Biz hukumat bilan yaqin aloqani davom ettiramiz va bu masalaga tezda yechim topish uchun mas’ul xodim tayinlash, maxsus aloqa tarmog‘ini ochish hamda maxfiylashtirish mexanizmlarini joriy etishni rejalashtiryapmiz”.

    6 avgust, 12:31   Izoh (0)   965
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Google#Janubiy Koreya#harbiy obyektlar#xarita#maxfiylik

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Venesuela prezidenti Nikolas Maduro boshi uchun 50 mln dollar mukofot puli e’lon qildi

    Dunyo | 8 avgust, 11:52

    Janglar tufayli 22 mingdan ortiq somalilik o‘z uyini tark etgan — BMT

    Dunyo | 8 avgust, 11:40

    Instagram: Toshkentda konsert bergan Jey Lo, farzandini uyga olib chiqqan Afruza, Madina Tojiboyevaning to‘yidan reportaj

    Layfstayl | 8 avgust, 11:36

    Ukrainadagi urushni tugatishning 5 ta yo‘li ma’lum qilindi

    Dunyo | 8 avgust, 10:55

    O‘zbekistonda dam olish kunlari harorat ko‘tariladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:52

    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

    Reklama | 8 avgust, 09:00

    Sog‘liqni saqlash vazirligi soxta tabiblardan ogohlantirdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 10:36

    Malayziyada homiladorlik tufayli 28 yoshli ayol to‘satdan “qarib qoldi” (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 10:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.