Samarqand shahrida “Volga”ga urilgan Nexia-2 yonib ketdi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
![](/static/2024/09/04/sw-4QvG7McU.jpg)
Unga ko‘ra, holat 4-sentyabr kuni soat 9:50 lar atrofida Samarqand shahar Bo‘stonsaroy ko‘chasida sodir bo‘lgan. Nexia-2 harakatlanib kelib, yo‘lning o‘ng tomonida yonilg‘isi tugab to‘xtab turgan “Volga”ning orqa qismiga kelib urilgan.
Oqibatda Nexia-2 da yong‘in sodir bo‘lgan. Yong‘in zudlik bilan Samarqand shahar FVB xodimlari tomonidan bartaraf etilgan. Holat oqibatida tan jarohati olgan va vafot etganlar yo‘q.
Hodisa yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
![](/static/2024/09/04/sww-C_jJwbCz.jpg)
Avvalroq Toshkent shahar Mirobod tumanida ustunga urilgan Cobalt yonib ketgani xabar qilingandi. Voqea 3-sentyabr kuni soat 21:00 larda Mirobod tumani Farg‘ona yo‘li ko‘chasida sodir bo‘lgan.
Izoh (0)