• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Isroil armiyasi G‘azo shimolidan elita qo‘shinlarini olib chiqdi

    Isroil armiyasi 31-iyul kuni G‘azo sektorining shimoliy qismidan o‘zining elita qo‘shini bo‘lmish 98-diviziyasini (“olov diviziya” deb ham tanilgan) olib chiqib ketdi. Bu harakat Isroilning hududda olib borayotgan harbiy yurishi nihoyasiga yetayotganidan dalolat berishi mumkin. Bu haqda Anadolu xabar berdi.

    Foto: Anadolu
    Foto: Anadolu

    “Olov diviziyasi” nomi bilan tanilgan 98-diviziya desantchilar va qo‘mondonlarning elita bo‘linmasidir. U 2023-yil 7-oktyabrda Isroilning G‘azoga qarshi urushi boshlanganidan beri bir necha bor sektorga joylashtirilib, olib tashlangan.

    Isroil armiyasi bayonotida bo‘linma sektorda o‘z vazifasini yakunlab, yangi topshiriqqa tayyorgarlik ko‘rayotgani aytilgan.

    “Operatsion reja va muddatga muvofiq, 98-diviziya G‘azo shimolida, ayniqsa Shijaiya va Zaytun tumanlarida olib borilgan keskin janglardan so‘ng o‘z vazifasini yakunladi va hozirda yangi topshiriqlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda”.

    Ushbu diviziya o‘rniga yangi kuchlar yuborilishi haqida ma’lumot berilmagan. Isroilning “Yediot Axronot” nashri bu harakatni harbiy yurish yakuniga yetayotganining belgisi sifatida baholamoqda. Yahudiy davlatining G‘azo sektoridagi urushi hamon jiddiy tanqid ostida bo‘lib, Isroil HAMASni tor-mor eta olmasdan, qo‘yilgan asosiy maqsadlariga erisha olmagani ta’kidlanmoqda.

    Isroil 2023-yil 7-oktyabrdan beri G‘azoga qarshi harbiy amaliyotlarni uyushtirib keladi. Hujumlar oqibatida hozirgacha 60 mingdan ortiq falastinlik halok bo‘lgan. Sektorning vayronaga aylanishi va oziq-ovqat taqchilligi sabab ocharchilik yuzaga kelgani xalqaro hamjamiyatning jiddiy xavotiriga sabab bo‘lmoqda.

    Joriy hafta boshida Isroilning B’Tselem va “Isroil shifokorlari – inson huquqlari uchun” tashkilotlari yahudiy davlatini G‘azoda genotsid sodir etayotganlikda ayblagandi. Ularning fikricha, bu — falastin jamiyatining izchil yo‘q qilinishi va sog‘liqni saqlash tizimining ataylab buzilishi orqali amalga oshirilmoqda.

    2024-yil noyabr oyida Xalqaro jinoiy sud Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu va sobiq mudofaa vaziri Yoav Gallantga qarshi G‘azoga va insoniyatga qarshi spdir etilgan jinoyatlar bo‘yicha hibsga olish orderini chiqargan edi. Bundan tashqari, Isroil Xalqaro sudda genotsid ishi bo‘yicha javobgar sifatida ham ko‘rilmoqda.

    1 avgust, 10:18   Izoh (0)   1638
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Isroil#G‘azo#diviziya#olib chiqdi#harbiy diviziya#G‘azo sektori

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42

    Rossiya Pokrovskni qurshab olishga urinmoqda – Britaniya razvedkasi

    Dunyo | 3 avgust, 11:30

    Putin politsiyaga bank hisoblarini sud qarorisiz muzlatish vakolatini berdi

    Dunyo | 3 avgust, 10:55

    Toshkentdagi Mangal fest’da bir guruh kishilar o‘zaro do‘pposlashdi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 10:35

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    Sirdaryoda yong‘in va portlash xavfi sabab 4 ta zapravka vaqtincha yopildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 09:48

    Andijonda o‘qituvchilar maktabni taʼmirlashga jalb qilingani nazoratga olindi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 08:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.