• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo Markaziy Osiyo

    “Butirka”, Suxanovsk va Toshturma – SSSRdagi eng qo‘rqinchli qamoqxonalar

    1917-yilda Rossiyada davlat to‘ntarishi uyushtiriladi va hokimiyat tepasiga bolsheviklar keladi. Keyinchalik kommunistlar nomi bilan tanilgan bu guruh SSSR degan davlatni tashkil etadi va oyoqqa turib olgach millionlab insonlarni qatag‘on qiladi. Xalqni nohaq jazolash 36 yil davom etadi va 1953-yilda Stalinning vafotidan so‘ng to‘xtaydi. Bolsheviklar qatag‘onlar davomida foydalangan bir qancha qamoqxonalar keyinchalik “Eng qo‘rqinchli qamoqxonalar” nomini oladi.

    Sovet davrida millionlab insonlar umriga zomin bo‘lgan Stalin rejimi 1930-yillarning ikkinchi yarmida o‘z qatag‘onlarini tasodifan boshlamagan. Tuzum bunga ancha oldinroq tayyorgarlik ko‘ra boshlagan.

    Jumladan, 1930 yilda NKVD nomi bilan mashhur bo‘lgan Ichki Ishlar Xalq Komissariati qoshida Qamoqxonalar Bosh Boshqarmasi (GULag) deb atalgan maxsus tuzilma tuziladi. So‘ng mamlakatdagi barcha qamoqxonalar shu boshqarma ixtiyoriga o‘tkaziladi va dastlabki qatag‘onlar boshlanadi.

    SSSR bo‘ylab millionlab insonlar “GULag” qamoqxonalariga tashlanadi va mislsiz azoblarga giriftor qilinadi. “Xalq dushmani” deb atalgan mahbuslarning katta qismi “GULag”dan tirik qaytmagan. Qaytganlari ham o‘zi tortgan azoblar haqida gapirishni istamagan. Chunki uni yana qamashlari mumkin edi.

    Keng omma GULagdagi vahshiyona qiynoqlar haqida ilk bor Soljenitsinning Stalin qatag‘onlari haqida yozgan “GULag arxipelagi” asari orqali xabar topadi. Adib bu asarida odamlar qamoqxonalarda qanday qiynoqlarga duchor qilinganini faktlar bilan keltirib o‘tgandi.

    Umuman olganda SSSRda GULag tarkibiga kiruvchi qamoqxonalar lagerlar hisoblangan va ularda saqlangan mahbuslar og‘ir ishlarda ishlatilgan.

    Bundan tashqari mamlakatda maxsus qamoqxonalar ham bo‘lgan va hatto odamlar ularning nomini tilga olishga qo‘rqqan.

    Qo‘yida SSSRda eng qo‘rqinchli va dahshatli deb hisoblangan beshta qamoqxona haqida maʼlumotlar keltiramiz.

    Suxanovsk qattiq rejimli qamoqxonasi

    Shartli ravishda «Maxsus obyekt 110» deb nomlangan ushbu qamoqxona Beriyadan avval NKVD rahbari bo‘lgan Nikolay Yejov tomonidan tashkil etilgan.

    O‘shanda bu qamoqxonani shaxsan Yejovning o‘zi nazorat qilgan. Keyinchalik nazorat NKVD rahbarligiga tayinlangani Lavrentiy Beriyaga o‘tgan.

    Suxanovsk qamoqxonasidagi tartib o‘ta qattiq bo‘lgan. Agar bu yerda saqlangan mahbus arzimagan oshiqcha hatti-harakat qilsa qorovullar o‘ylab o‘tirmasdan otib tashlashgan.

    Suxanovskning eshigidan kirgan aksariyat mahbuslar undan tirik holda chiqmagan. Aksariyat hollarda qamoqxonadan ularning jasadi chiqqan. Ayrim paytlarda hatto jasadni ham berishmagan va qamoqxonadagi krematoriyda yoqib yuborishgan.

    Suxanovsk qamoqxonasining mashhurligi shundaki, unda Stalin tuzumiga qarshi deb ayblangan faqat yuqori lavozimli mutasaddilar saqlangan va tergov qilingan.

    Eng qizig‘i, Suxanovsk qamoqxonasini tashkil etgan Yejovning o‘zi ham, otib tashlashguncha uning bir kishilik kamerasida saqlangan.

    Butirsk qamoqxonasi

    Xalq orasida «Butirka» nomi bilan mashhur bo‘lgan ushbu qamoqxona 18-asrda Yekaterina II farmoni bilan qurilgan. 1917 yil kuzda o‘tkazilgan davlat to‘ntarishigacha «Butirka» oddiy qamoqxona bo‘lgan.

    SSSR tashkil etilgach u maxsus qamoqxonaga aylantiriladi va «Butirka»da ham asosan siyosiy ayblovlar bilan ayblangan yuqori lavozimli mutasaddilar saqlanadi.

    «Butirka» nomi o‘zbek xalqiga ham juda yaxshi tanish. Bugun yosh avlod balki o‘sha davrlarni bilmas, «Butirka» haqida eshitmagan chiqar. Ammo katta avlod vakillari bu dahshatli qamoqxonani yaxshi eslaydi.

    1980-yillarning o‘rtalarida boshlangan mashʼum «Paxta ishi» davrida nohaq ayblangan o‘zbekistonlik yuqori lavozimli mutasaddilarning aksariyati «Butirka»ga olib borib tiqilgan va o‘sha yerda tergov qilingan.

    2019 yilda Rossiya jazoni ijro etish federal xizmati direktori o‘rinbosari Valeriy Maksimenko «Butirka»ni yopilishi haqida maʼlum qilgan.

    Lefortovsk qamoqxonasi

    Lefortovsk qamoqxonasi Moskvada joylashgan bo‘lib, uni 1881 yilda qisqa muddatga qamalganlarni saqlash uchun qurishadi. Oktyabr to‘ntarishidan keyin boshqa qamoqxonalar kabi Lefortovsk qamoqxonasining ham «vazifasi» o‘zgaradi.

    NKVD uchun Moskva markazidagi bu qamoqxonada «Xalq dushmanlari», «Vatan xoinlari» bilan «ishlash» juda qulay edi. Shu uchun 1930-yillardan boshlab unda asosan siyosiy mahbuslar saqlanadigan bo‘ldi.

    1937-yilda Stalin qatag‘onlarining «katta to‘lqini» boshlanganda bu qamoqxonada ko‘plab yuqori lavozimli shaxslar saqlangan va otib o‘ldirilgan.

    Minusinsk qamoqxonasi

    Minusinsk qamoqxonasi Krasnoyarsk o‘lkasidagi Minusinsk shaharchasida joylashgan.

    Ushbu qamoqxona 1912 yil Chor Rossiyasi davrida, Sibirga surgun qilinganlar belgilangan tartiblarni buzganda jazolash uchun maxsus qurilgan.

    Keyinchalik, Oktyabr to‘ntarishidan keyin, undan so‘ng Stalin qatag‘onlari boshlanganda qamoqxona siyosiy mahbuslarni saqlash uchun NKVDga juda «asqatadi».

    Sibir taraflarda «Vatanga xiyonat qilgan»likda ayblanganlarning aksariyati ushbu qamoqxonada tergov qilinadi va otib tashlanadi.

    Bogotyanovsk qamoqxonasi

    Bogotyanovsk qamoqxonasi Rostov shahrida joylashgan bo‘lib, u 1768 yilda Yekaterina II farmoni bilan qurilgan.

    Chor Rossiyasi davrida oddiy qamoqxona bo‘lgan ushbu jazolash muassasasi SSSR davriga kelib, Stalin qatag‘onlari davrida qattiq rejimli qamoqxonaga aylantiriladi.

    NKVD, bu qamoqxonada ham tuhmat bilan qamalgan ko‘plab siyosiy mahbuslarning «boshiga yetgan».

    Bogotyanovsk qamoqxonasidagi tartiblar juda vahshiyona bo‘lgan. Shu uchun ham bugun tarixchilar ushbu qamoqxonani Rossiya tarixidagi eng dahshatli qamoqxonalardan biri bo‘lgan deb hisoblashadi.

    Brestdagi qamoqxona

    Brest shahri bir paytlar Polsha tarkibida bo‘lgan. 1939-yilda Germaniya va SSSR Polshaga ikki tomondan hujum qiladi va uni ikkiga bo‘lib oladi. Ana shunda Brest Belorussiyaga qo‘shib beriladi.

    Shundan so‘ng shahardagi qamoqxonaga asirga olingan polyaklar joylashtiriladi va ular vahshiyona qiynoqqa solinadi. Ana shu paytda Brestdagi qamoqxona SSSRdagi eng qo‘rqinchli qamoqxonalarning biriga aylanadi.

    1944-yilda sovet armiyasi Polshani nemislardan ozod qilayotganda poytaxt Varshavada polyaklar qo‘zg‘olon ko‘tarishadi. Ular bir tomondan nemislarga, boshqa tomondan sovet armiyasiga qarshi jangga kirishadi.

    Chunki qo‘zg‘olonchilar Polsha davlatining Moskva taʼsir doirasida qolishiga qarshi edi. Sovet armiyasi qo‘zg‘olonni bostiradi. So‘ng qo‘lga tushganlarni Brest qamoqxonasiga olib kelib, shu yerda qiynoqlarga solishadi va otib tashlashadi.

    Minsk qamoqxonasi

    Minsk qamoqxonasiga ham xuddi Brest qamoqxonasida bo‘lgani kabi 1939-yilda asirga tushgan polyaklar olib kelib joylanadi. NKVD bu yerda ularni qiynoqqa soladi va aksariyatini o‘ldirib yuboradi.

    Urushdan keyin Stalin vafotigacha Minsk qamoqxonasida asosan siyosiy ayblar bilan nohaqdan ayblangan mahbuslar saqlanadi. Bu mahbuslarning bir qismi qamoqxonaning o‘zida o‘ldirib yuborilgan. Boshqalari dahshatli qiynoqlarga solingan.

    Riga qamoqxonasi

    Boltiqbo‘yida joylashgan Estoniya, Litva va Latviya 1940-yilgacha Germaniya vassalligidagi mustaqil davlatlar edi. Germaniya va SSSR o‘rtasidagi yashirincha kelishuvga ko‘ra o‘sha yili sovetlar bu uch respublikani bosib oladi. So‘ng ittifoqdosh respublikaga aylantirib SSSR tarkibiga tiqadi.

    O‘shanda har uch respublikada sovet tuzumi o‘rnatilishiga qarshi bo‘lganlar yetarlicha edi. NKVD ularga qarshi “ov” boshlaydi va qo‘lga tushganlarni asosan Rigadagi qamoqxonaga joylashtiradi. Bu yerga tushgan mahbuslar qattiq qiynoqlarga solinadi. Bir qismi o‘ldirib yuboriladi.

    Urushdan keyin ham Boltiqbo‘yi respublikalarida sovet tuzumiga qarshi kayfiyat saqlanib qoladi. Shu sababli KGB nohaq siyosiy ayblar bilan hibsga olgan odamlarni asosan Riga qamoqxonasida saqlaydi.

    Olmaota qamoqxonasi

    Uzoq yillar davomida Qozog‘iston poytaxti bo‘lgan Olmaota shahridagi qamoqxona ham shaharga asos solingan yillarda qurilgan. Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng unga ham asosan sovet hukumatiga qarshi bo‘lganlar saqlangan.

    Keyinchalik, Stalin qatag‘onlari boshlangach unga nohaqdan siyosiy ayblar bilan ayblangan shaxslar qamalgan. Olmaota qamoqxonasida shaxslar qattiq qiynoqlarga solingan va ayrimlari shu yerda o‘ldirilgan.

    Toshturma

    Toshkent shahrida joylashgan va Toshturma nomi bilan tanilgan qamoqxona shaharni ruslar egallagandan so‘ng 1891-yilda qurilgan. O‘sha paytlarda bu yerda o‘g‘rilar va boshqa jinoyatchilar bilan birga Chor Rossiyasiga qarshi bo‘lganlar saqlangan.

    Oktyabr to‘ntarishidan so‘ng Toshturma mintaqadagi asosiy qamoqxonaga aylantiriladi va sovet tuzumiga qarshi kurashganlar shu yerga qamaladi.

    Keyinroq, kollektivlashtirish jarayonida va Stalin qatag‘onlari davrida nohaq ayblangan boshqa respublikalar fuqarolari ham shu yerda saqlanadi.

    Toshturma 1980-yillar boshlarida yana mashhur bo‘ladi. O‘shanda Moskvadan yuborilgan tergovchilar “paxta ishi” bahonasida juda ko‘plab o‘zbekistonliklarni hibsga oladi va ularni asosan Toshturmada saqlaydi. Yuqori lavozimli amaldorlar esa Moskvadagi Butirka qamoqxonasiga yuboriladi.

    Sovet davrida Toshturmada mahbuslar qattiq qiynoqlarga solingan, ayrimlari o‘ldirib yuborilgan. Toshturma 2018-yilgacha faoliyat olib bordi va o‘sha yili yopildi.

     

    G‘ayrat Yo‘ldosh tayyorladi.

    20 avgust, 11:30   Izoh (0)   6735
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Toshturma#Qamoqxona#SSSR#Butirka

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekiston, Turkmaniston va Ozarbayjon o‘rtasida qo‘shma bayonot imzolandi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:27

    O‘zbekistonda ishchi kuchiga eng ko‘p talab bildirgan sohalar ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:13

    APL klublari yozgi transfer oynasi vaqtida rekord darajadagi summa sarfladi

    Sport | 22 avgust, 18:10

    Navoiyda niqob taqqan shaxslar bankomatni o‘g‘irlab ketdi

    O‘zbekiston | 22 avgust, 18:06

    Rossiya Ukrainaning yana 3 ta qishlog‘ini egallaganini da’vo qildi

    Dunyo | 22 avgust, 17:50

    Saratonga qarshi olmos: olimlar metastazni aniqlashning xavfsiz usulini kashf etdi

    Layfstayl | 22 avgust, 17:30

    Turkiya portlarida kemalardan Isroil bilan aloqasi yo‘qligini tasdiqlovchi hujjat so‘ralmoqda — manbalar

    Dunyo | 22 avgust, 17:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.