• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12910.15
    • RUB159.78
    • EUR14660.77
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo‘ldi” — Alisher Qodirov

    Metan zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro G‘ayrat Do‘stov 15 sutkaga qamalgandi. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Alisher Qodirov ushbu holat bo‘yicha fikrlarini yozdi.

    Kollaj: “Daryo”

    Deputat o‘z postida qator mavzular xususida so‘z yuritgan.

    “Isrof va qadrsizlik eng katta musibatlarimiz bo‘lsa kerak. Sog‘lik, qadr, imkoniyat va mablag‘ni ignada yig‘ib, belkurakda sovuradigan millatga aylanib qolayotgandekmiz… Yangi yilda italyanlar eski mebellarini yangi yilga o‘tkazmaslikka harakat qilishsa, biz pulimizni kelgusi yilga o‘tkazmaslikka harakat qilayotgandek harakat qilamiz. Bozorga kirgan hamma narsa sotiladi, yana ikki karra qimmatiga. 1-yanvar kunidan yangi pul muomalaga kiritiladigandek…”, deb yozadi Qodirov.

    U, shuningdek, to‘ylar mavzusida ham fikrlarini bayon etgan.

    “Xuddi shunday — to‘ylar… ertaga kun yo‘qdek — isrof, tumonat, shovqin-suron, isrofgar dasturxonning yarmi axlatga otilishi bir dard, olomonning qahramoni bo‘lishga daʼvogar, surishtirsang, homiylik so‘ragan bolasining maktabida janjal qilgan yoki tashlab ketgan bolasining alimentiga daromadi yetarsiz, ikkisi ham bo‘lmasa, pul topib aql-baraka topmagan omadsiz-mast erkaklarning g‘ijimlab pul sochishi yana bir dard. G‘ayrati va imkoniyatini qadrlamaydigan jamiyat bo‘lib qolayotgandekmiz…”, deydi deputat.

    Alisher Qodirov metan zapravkada gaz yo‘qligidan shikoyat qilib, masʼullarni tanqid qilgan fuqaro xususida shunday yozdi:

    “Metan bolaga tushunmadim, baraka topgur, o‘zingni qadrla, g‘ayratingni bayramdan keyin qil, vazifasi surishtirish bo‘lgan idoralar surishtirishga majbur, bayramni bolalaring oldida emas, surishtiruv izolyatorida o‘tkazishing aniq edi-ku? Eʼtirozning to‘g‘ri-noto‘g‘riligi haqida keyinroq va kengroq, lekin bir oilada bolalar otasining tadbirsizligidan yangi yilni nafaqat kayfiyatsiz, otasiz ham kutishga majbur bo‘ldilar…

    Davlat, qonun, hukumat — bu institutlarning hammasi inson uchun ishlaydi. Inson uchun ishlash uchun insonlar uchun cheklovlar joriy etadi va uni qo‘llashga vakolatli va majbur. Dunyoning istalgan davlatida haq va majburiyat bir-biriga chegara chizadi, qaysi tomon tartibliroq bo‘lsa, o‘sha tomonning hududi kengroq bo‘lgan, bundan keyin ham bo‘ladi.

    O‘zini qadrlamaydigan, topganini tushunmaydigan, isrofchi jamiyatning haq hududi doimo tor bo‘lgan, bundan keyin ham shunday bo‘ladi”.

    Alisher Qodirovga ko‘ra, “biz yo‘lning boshidamiz, inson har yilda bir yoshga ulg‘aysa, davlatlar, jamiyatlar o‘n, yigirma, ayrimlari esa yuz yillarda bir yoshga ulg‘ayadi”.

    “Kuchli jamiyat bo‘lish uchun hali ko‘p tortishiladi, bu zarur va tabiiy jarayon, lekin qancha vaqt ketishi qadr va insof, baraka va isrof degan tushunchalarni tezroq anglab yetishimiz va hayotimizga tatbiq eta olishimizga bog‘liq. 2025-yil O‘zbekistonimizga hayrli va barakali kelsin”, deya qo‘shimcha qilgan u.

    Eslatib o‘tamiz, Jinoyat ishlari bo‘yicha Bektemir tuman sudi raisi D.A.Dadaxanovaning 26-dekabrdagi qarori bilan G‘ayrat Do‘stov Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik)da nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilgan va 15 sutka maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan.

    Shuningdek, G‘ayrat Do‘stovdan Toshkent shahar IIBB Maʼmuriy tartibda qamoqqa olingan shaxslarni saqlash maxsus qamoqxonasi foydasiga qamalganlarni saqlash bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar uchun maʼmuriy qamoqning har bir sutkasi uchun bazaviy hisoblash miqdorining 15 foizi miqdorida, jami 843 ming 750 so‘m undirish belgilangan.

    Uyda nogironim bor, kechasi bilan zapravkaning oldida yotdim. Qani bu yerda haqiqat? Murda ham kiymaydi bu oyoq kiyimni. Ey ifloslar, nima qilyapsanlar o‘zi? Benzinga borsang, benzin zapravkada navbat ko‘p, benzin ham ola olmaysan. Beradigan benziniga avtomobillarning motori erib ketmoqda. Bularni nazorat qiladigan biror-bir tashkilot yo‘qmi, degan fuqaro Do‘stov o‘z videomurojaatida.
    3 yanvar, 18:25   Izoh (7)   61390
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email
    #Alisher Qodirov#metan#G'ayrat Do'stov

    Izoh (7)

    Kirish
    1. nodiraminov1990@gmail.com / 4 yanvar, 23:09

      Ўтириб ёзишингга шароитинг ҳам, вақтинг ҳам борда.

      Javob berish
    2. kamolovasevara313@gmail.com / 4 yanvar, 22:05

      Xalq dardini kòtarib chiqqan edi bir inson . Hukumat xalq manfaatlarini oʻzida namoyon etishi kerak emas edimi mabodo ? Qani bu yerda xalq , inson manfaatlari ? Taksislik qilib oilasini tebratadiganlar , davlat gaz taminotini qilib bermagani uchun elektr bilan qishning qahratonida uyini isitadiganlarni parvo ham qilmaydigan bizning hukumat metanlarga taqiq qòyadi , elektrga esa limit. Qani iste'molchilarning huquqi ? Demokratik davlatmiz , xalq hokimyati bizda deb jar solishdan oldin òz haqqini soʻrab chiqqan insonlarga bergan jazolaringiz hisobini bering

      Javob berish
    3. bektoshprimqulov867@gmail.com / 4 yanvar, 16:23

      Oylasini ochqolganligni yirtiq kyimda qiynalib yurganini aytish tarbyasizlikmi nochorlik ilochsizlikku bu holat

      Javob berish
    4. xolmirzayev681@gmail.com / 4 yanvar, 14:20

      Alisher Qodirov deputat xalq tomonda turish kk, bizning deputatlar hukumat tomonda turib birga xalqqa qarshi, tili nima deyayotganidan miyasi habari yoq, millatni sharmanda qiladi
      Milliy tiklanish partiyasi raisi emish
      Essiz 37.5 mln aholi

      Javob berish
    5. jahongirtolipov29@gmail.com / 4 yanvar, 07:20

      Alisher Qodirovni qorni to'qda xalq qandey qiyinchilik bilan yashayotganini bilmedi. Topgan pulimiz kamunal to'lovlardan oshmayabdi. Olloh bor bularga ham

      Javob berish
    6. pariah.uz@gmail.com / 4 yanvar, 06:43

      Alisher Qodirov sizni ko'p bemaza fikrlariz menga va ko'plab odamlarga yoqmaydi. Bu firkriz bilan yangi yildan oldin, fikrlaring bilan bayramni buzma demoqchimisiz? Qachondan beri fikrimizni erkin bayon qilish taqiqlangan? Haqiqat gaplari yoqmadimi? Katta mu'ammoni ko'targani uchun, haqiqatni gapirgani uchun qamaldimi? To'g'ri gap yoqmadimi?

      Javob berish
    7. husanovafarangiz817@gmail.com / 3 yanvar, 19:23

      Ha endi tanasi boshqa dard bilmasda

      Javob berish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Prezidentning Saudiya Arabistoniga tashrifi, Toshkentda demontaj qilingan noqonuniy reklama bannerlari, Namanganda to‘qnashgan Damas va teplovoz: 11-noyabrning eng...

    11.11.2024, 23:10

    Amir Temurdan avlodlariga, so‘ngra afg‘on shohiga nasib etgan mashhur uzuk AQSHga qanday borib qolgan?

    12.11.2024, 13:05

    “Yaxshi bilim bermayotgan o‘qituvchi kam oylik olib, tizimdan chiqib ketishiga ham rozimiz” — Alisher Qodirov

    26.11.2024, 16:16

    “Byudjet mablag‘lari hisobiga olingan kinofilmlar nega keng namoyish qilinmaydi?” – Alisher Qodirov

    26.11.2024, 21:53

    Davlat byudjeti muhokamasi, isroillik ravvinning o‘limi yuzasidan hamdardlik, tarqalayotgani aytilgan nomaʼlum xavfli virus: 26-noyabrning eng muhim xabarlari

    26.11.2024, 22:47

    Alisher Qodirov Rossiya bilan viza rejimini joriy etishni taklif qildi

    10.12.2024, 18:51

    Metan zapravkalarda paydo bo‘lgan navbatlar, talabalarga poyezd va samolyot uchun berilgan chegirmalar, sotilayotgan 1 mlrd so‘mlik qalbaki pul: 10-dekabrning eng

    10.12.2024, 23:13

    Parlamentdagi tortishuv: Alisher Qodirov va deputatlar avtobus yo‘laklari masalasida spikerga qarshi chiqdi

    12.12.2024, 20:21

    “Yaqin ikki yilda barcha kommunal xizmatlar bir paket sifatida taqdim etiladi” — Alisher Qodirov

    15.12.2024, 10:33

    O‘zbekistonda chiqindidan qarzini to‘lash uchun fuqarolarga 5 kun muhlat beriladi 

    24.12.2024, 15:17

    Sudlashuv, ajrim va xiyonat. 2024-yilda o‘zbek shou-biznesida eng ko‘p muhokamaga sabab bo‘lgan vaziyatlar (foto, video)

    1 yanvar, 09:15

    “Milliy tiklanish” fraksiyasi Rossiya havo hududi xavfsizligi yuzasidan so‘rov yuboradi — Alisher Qodirov

    28.12.2024, 11:27
    ×Lightbox Image
     

    Tavsiya etamiz

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Fazoviy poyganing boshlanishi — Gagarinning parvozi yolg‘on bo‘lganmi?

    6 may, 18:00
    Audio Icon

    “Qurolli qushchalar”. O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan dronlar haqida

    5 may, 21:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Anchelotti “Real” boshqaruvini qachon tark etishi ma’lum bo‘ldi

    Sport | 9 may, 23:38

    Superliga. “Dinamo” “Surxon”ni mag‘lub etib, turnir jadvalida kuchli uchlikka kirib oldi

    Sport | 9 may, 22:35

    AQSH byudjeti taqchilligi yil boshidan beri 196 mlrd dollarga ko‘paydi

    Dunyo | 9 may, 22:05

    Fransiyada ikki general hokimiyatni tanqid qilgani uchun ishdan olindi

    Dunyo | 9 may, 21:35

    “Liverpul” “Real”ning qaroridan norozi bo‘ldi

    Sport | 9 may, 21:12

    NATO Kiyevga tinchlik shartnomasining bir qismi sifatida a’zolikni va’da qilmaganini bildirdi

    Dunyo | 9 may, 20:35

    Superliga. Vodiy derbisida “Neftchi” ustun keldi

    Sport | 9 may, 20:21
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.