2024-yilda mamlakat byudjetiga soliq tushumlari 20 foizga oshdi. Bu haqda Soliq qo‘mitasi xabar berdi.

O‘tgan yili davlat byudjetiga 199,1 trillion so‘m soliq undirilgan. Mazkur miqdor 2023-yildagidan 33,1 trillion so‘mga (20 foiz) ko‘p.
“Hisobot davrida tuman va shaharlar byudjetiga soliq tushumlari 24 foizga oshgan”, deyiladi xabarda.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi 2024-yilda davlat byudjeti daromadlari 271 trillion so‘m bo‘lishini prognoz qilgan. Shundan soliq tushumlari 196,3 trillion so‘mni tashkil etishi kutilayotgani qayd etilgan.
Respublikada avvalgi yillarda yig‘ilgan soliqlar miqdorlari quyidagicha:
- 2021-yilda 127,9 trillion so‘m;
- 2022-yilda 148,5 trillion so‘m;
- 2023-yilda 165,9 trillion so‘m.
Maʼlum qilinishicha, 2025-yilda qo‘mitaga 224 trillion so‘m soliq tushumlarini taʼminlash vazifasi yuklatilgan.
Izoh (0)